Mazasi og‘zingizda eriydigan, to‘yimli taom retseptini havola qilamiz.

Foto: Getty Images

Kerakli mahsulotlar:

  • Non — 2 dona (o‘rtacha)
  • Go‘sht — 500 gr
  • Bulg‘or qalampiri — 3 dona
  • Piyoz — 3 dona
  • O‘simlik yog‘i
  • Pomidor — 4 dona
  • Kartoshka — 1 kg
  • Tuz va ziravorlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  • Birinchi bo‘lib kartoshkani tillarang bo‘lgunicha qovurib alohida idishga soling.
  • Bulg‘or qalampirini ham qovurib boshqa bir idishga soling.
  • Go‘sht va piyozni qo‘shib qovuring, ziravor va tuz hamda suv solib past olovda 45 daqiqa dimlang.
  • Keyin qovurilgan bulg‘or qalampiri va pomidor qo‘shib aralashtirib yana 10 daqiqa dimlang.
  • To‘g‘ralgan non bo‘laklarini solib yana 10-15 daqiqa dimlang.
  • Ovqatni ko‘kat bilan bezab dasturxonga torting!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.