17-may, yakshanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Keniya poytaxti Nayrobida yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari Zumba raqs mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Foto: EPA

Uxan shahrida niqob taqqan odamlar kasallikni aniqlash uchun test topshirgani navbatda turibdi.

Foto: Reuters

Istborn mayog‘i yaqinidagi qoya chetida o‘tirgan juftlik. Angliyada karantin cheklovlari yengillashtirilishda davom etmoqda.

Foto: AFP

Jaziramadan himoyalanish uchun shlyapa kiyib, ko‘zoynak taqib olgan it. Turkiyaning Antaliya shahrida 1929-yildan beri ilk marta may oyida havo harorati 38,8 darajagacha ko‘tarildi.

Foto: Anadolu Agency

Pandemiya tufayli foydalanilmayotgan jetBlue aviakompaniyasining samolyotlari Marana shahridagi aeroportda turibdi.

Foto: Getty Images

Tailandda koronavirus bilan yangi kasallanish holatlari kamaygani sababli mamlakatda mart oyidan buyon ilk marta savdo markazlari ochildi.

Foto: Reuters

Albaniya poytaxti Tiranada 1939-yilda qurilgan, 1945-yilda esa Milliy teatrga aylantirilgan bino buzilmoqda. Mamlakat bosh vaziri Edi Rama bino o‘rnida yangi teatr qurishni rejalashtirgan.

Foto: Reuters

Tiranadagi Milliy teatr binosi buzilishiga qarshi bo‘lgan odamlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Faollar va muxolifatchilar bosh vazir Edi Ramani korrupsion harakatlarda ayblamoqda.

Foto: Reuters

Tiranada Milliy teatr binosi buzilishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazgan faollardan birini politsiya qo‘lga oldi.

Foto: Reuters

Indoneziya poytaxti Jakartada ishchi Denge bezgagi tarqalishining oldini olish uchun fumigatsiya (tutatish) qilmoqda.

Foto: AP Photo

Angliyaning Byornli shahridagi shifoxonada hamshira muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqni onasiga bermoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkdagi Domino parkida odamlar ijtimoiy masofalanishga amal qilayotganini nazorat qilayotgan politsiyachi.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Fuenxirola shahridagi hayvonot bog‘idagi tovus turnalar.

Foto: EPA

Kolumbiya poytaxti Bogotada Viva Veracruz musiqa guruhi a’zolari shahar bo‘ylab qo‘shiq kuylab, pul to‘plamoqda.

Foto: EPA

Sloveniyada koronavirus tarqalishi to‘xtagani e’lon qilingach, Kanin tog‘-chang‘i kurorti qayta ochildi.

Foto: Reuters

Hindistonning Ahmadobod shahrida ishchi migrantlar o‘zlari tug‘ilgan shtatlarga yetib olishi uchun temiryo‘l qatnovi tiklanishini talab qilayotgan vaqtda politsiya ularni tarqatish uchun dubinkadan foydalanmoqda. Jamoat transportlari to‘xtatilgani bois migrantlar piyoda yoki yuk mashinalarida o‘z shtati sari ravona bo‘lmoqda. 16-may kuni yuk mashinasi halokati oqibatida kamida 23 migrant halok bo‘ldi. 8-may kuni esa 16 migrantni poyezd bosib ketgandi.

Foto: Reuters

Karantindan asta-sekin chiqishni boshlagan Italiyaning Neapol shahridagi dengiz bo‘yida baliq sotayotgan baliqchi.

Foto: Reuters

Iroqning Najaf shahridagi Imom Ali masjidida shia musulmonlari Laylatul Qadr kechasida.

Foto: AFP

Ispaniya sohil qo‘riqlash xizmati tomonidan Atlantika okeanida qutqarilgan migrantlar Gran-Kanariya oroliga olib kelindi.

Foto: Reuters

Tailand poytaxti Bangkokdagi 2 oydan so‘ng qayta ochilgan univermagda K9 robot-itidan olingan qo‘l uchun gel yordamida qo‘lini dezinfeksiyalayotgan ayol.

Foto: Reuters

Avstraliyaning Viktoriya shtatida karantin cheklovlari yengillashtirilgach plyajda gandbol o‘ynayotgan odamlar.

Foto: Shutterstock

Yangi Zelandiyaning Oklend shahridagi plyajda odamlar quyosh botishini kuzatmoqda. Mamlakatda karantin qoidalari yengillashtirilib, jismoniy masofalanish va gigiyenaga amal qilgan holda kinoteatrlar, restoranlar, do‘konlar, bolalar maydonchasi va trenajyor zallari ochilishiga ruxsat berildi.

Foto: Getty Images