O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Transport qismi buyurtmasiga asosan bir qancha avtotransport vositalari “e-auksion.uz” yagona savdo maydonchasiga sotish uchun chiqarildi, deb xabar beradi O‘zA.
Qayd etilishicha, 2002-yilda ishlab chiqarilgan Daewoo Matiz Transport qismi garajida saqlangan va ushbu avtotransport O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ushbu rusumli avtomobillarning ilk namunalaridan biri hisoblanadi.
Savdoga chiqarilgan avtomobilning boshlang‘ich narxi 13,7 million so‘mga baholangan. Ushbu oltin rangli avtotransport vositasining texnik holati yaroqlidir.
Bundan tashqari, onlayn auksion savdolariga 1992-yilda ishlab chiqarilgan, turli rasmiy uchrashuvlarda foydalanilgan limuzin tipidagi Ford Lincoln avtotransporti ham chiqarilgan.
Izoh (0)