“Auto.ru” saytida Niderlandiya bozori uchun avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladigan qilib 250 nusxada yaratilgan noyob “VAZ-2103” sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Motor.
1981-yilda ishlab chiqarilgan sedan hozirga qadar 10 ming kilometr masofa bosgan bo‘lib, uning egasi mashina uchun 1,2 million rubl (16,8 ming dollar) so‘ramoqda — bu yangi Lada Vesta Sport modelidan 100 ming rublga qimmatroq.
Sotuvga qo‘yilgan nusxa to‘liq restavratsiyaga uchrab, o‘zining dastlabki holatiga qaytarilgan. Sedanga Weber korbyutarorli 64 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u General Motors avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Bu kabi modifikatsiyani ishlab chiqarish ustida Voljsk avtozavodining Niderlandiyadagi distribyutori 1977-yildan 1983-yilgacha ish olib borgan.
Saloni ko‘k charm bilan qoplangan “VAZ-2103” Novosibirskda yashovchi fuqaro tomonidan sotuvga qo‘yilgan, biroq u mashinani istalgan shaharga yetkazib berish borasida yordam ko‘rsatishga tayyor.
Izoh (0)