Moskva viloyati musulmonlar birlashmasi 7 mingdan ortiq muhtoj odamlarga 15 tonna oziq-ovqat tarqatdi, deyiladi Rossiya Muftiylar kengashi saytida e’lon qilingan Moskva viloyati musulmonlar diniy idorasi matbuot xizmati bayonotida.
Unda ta’kidlanishicha, oziq-ovqat to‘plamlari “Rossiya musulmonlar diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdin qo‘llab-quvvatlashi va duolari bilan millati va dinidan qat’i nazar” muhtoj odamlarga tarqatilgan.
“Bularning barchasi hozirda yordamga, ayniqsa, muhtoj bo‘lganlar: keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, ishsiz qolgan muhojirlar hamda og‘ir yashash sharoitida qolgan odamlardir”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xayriya aksiyalari o‘tkazilishi davom ettirilishi ta’kidlanib, muqaddas Ramazon oyida savob umidida xayrli ishlarni amalga oshirganlarga minnatdorchilik bildirilgan.
Izoh (0)