• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ish faoliyatini tiklayotgan britaniyaliklar va AQShning ustidan kulayotgan Xitoy. Pandemiyadan so‘ng BMTni nimalar kutmoqda? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

    Buyuk Britaniyadagi izolyatsiya: Boris Jonsonning nutqidan so‘ng kimlar ishga qayta oladi?

    Bosh vazir Boris Jonson uyidan turib ishlash imkoniga ega bo‘lmaganlar o‘z ishlariga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi, deb yozadi The Independent nashri. 10-may sanasida Britaniya bosh vaziri mamlakatda karantin bilan bog‘liq holatlarni yumshatish borasida yangi choralarni tatbiq etish haqida chiqish qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yangi choralar doirasida mamlakat miqyosida ishchilarga beriladigan xavfsizlik choralari bo‘yicha o‘zgarishlar ham o‘rin oldi. Mamlakatda 23-mart sanasida pandemiya bilan bog‘liq tatbiq qilingan karantin sharoitida mehnat faoliyatini davom ettirayotganlar agar imkoni bo‘lsa, o‘z vazifalarini uydan turib amalga oshirishlari haqida ta’kidlagan edi. Bu choralar faqatgina supermarketlar, transport va sog‘liqni saqlash tizimi hamda ta’lim tizimida mehnat qilayotganlarni istisno qilgan va ular o‘z mehnat faoliyatini ish joylaridan turib amalga oshirishlariga ruxsat bergandi.

    Boris Jonson 10-maydagi nutqi davomida karantin sharoitida agar kimda kim o‘z mehnat faoliyatini uydan turib davom ettira olmayotgan bo‘lsa, shulargina o‘z ish joylariga borib ishlashlari mumkinligi haqida gapirdi. Bu birinchi navbatda qurilish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotganlargagina taalluqli ekanini ham ta’kidladi. Shu bilan birga, o‘z ish joylariga qaytayotganlar xavfsizlikka asosiy urg‘u qaratishlari borasida ham maslahat berdi. Ish faoliyatiga qaytayotganlarga imkoni boricha jamoat transportidan foydalanmaslik va ijtimoiy masofani saqlash ham tavsiya qilindi.

    Nashrning izohlashicha, o‘z mehnat faoliyatini ish joyidan davom ettirishga ruxsat berilayotgan ishlab chiqarish va qurilish sohasi xodimlari o‘z imkoniyatlariga qarab qaror qabul qilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Ecotricity yashil energiya kompaniyasi asoschisi Deyl Vinsning The Guardian nashriga bergan intervyusida “kompaniya o‘z xodimlarini ishga qaytishga majbur qilib, ularning salomatligini xavf ostiga qo‘yishini istamasligini” aytgan.

    Britaniya izolyatsiyada qolayotgan bir davrda asosiy tarmoq ishchilari sog‘liqni saqlash tizimi, supermarketlarda ishlayotganlar, jamoat transporti, yong‘in xavfsizligi va politsiya xodimlari asosiy soha xodimlari sifatida karantin davrida ham ishlamoqda.

    Bosh vazir o‘z nutqi davomida koronavirusdan holi mehnat hududlari qanday bo‘lishi borasida izoh berar ekan, bunday hududlarga shaxsiy mashina yoki velosipedda qatnab ishlash mumkin hududlar ekanini, qolaversa, jamoat transportida ham koronavirusdan saqlanish standartlariga e’tibor berishi haqida gapirish bilan cheklangan bo‘lsa-da, koronavirusdan xoli mehnat hududi qanday bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot bermadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shunga qaramasdan koronavirusdan xoli hudud qanday bo‘lishi borasida parlamentga taqdim etilgan dastlabki hujjatlar rejasini BBC axborot agentligi jamoatchilikka taqdim qilishga ulgurdi va bunda karantin bilan bog‘liq vaziyatni yumshatishga doir bir qator tadbirlar o‘rin olgan.

    Buzz Feed News nashri esa izolyatsiyani yumshatish bilan bog‘liq vazirlar imzolagan yetti qismdan iborat hujjatning qoralamasi bilan tanishligi borasida axborot tarqatdi.

    Qoralama nusxadagi tadbirga ko‘ra, mehmonxona va restoran biznesida ishlaydigan xodimlar, g‘amxo‘rlik va parvarish bilan bog‘liq ishlarda boshqalarning uylarida ishlovchi xodimlar, fabrika va zavod ishchilari, obodonchilik tizimida ishlovchi xodimlar, do‘kon sotuvchilari, ofis xodimlari va transport xodimlariga ish faoliyatini davom ettirishlariga yo‘l qo‘yilishi haqida so‘z ketadi.

    Xavfsizlikni amalga oshirish borasida esa o‘z mehnat kiyimlarini ish joyida dezinfeksiya qilish, xodimlarning ishga kelish va ketish vaqtini alohida qayd etish, binolarga kirish va chiqishni bir yo‘nalishda tashkil qilish, qo‘lni yuvish va dezinfeksiya xonalarini tashkil qilish, koridorlarni, zina va liftlarni dezinfeksiya qilishni nazarda tutadigan choralar mavjudligi ko‘rinadi.

    AQShning Xitoyga yurishi yoxud Xitoy hukumatining qarshi choralar siyosati

    Xitoyda nashr etiladigan Global Times nashri respublikachilarning Xitoydagi koronavirusdan yetkazilgan zararni qoplash borasidagi da’vo tashabbusi sababli AQShni mamlakatni suverenitetiga daxl qilishi va rasmiy Pekin aks javob tarzida loyiha tashabbuskorlari qiyin ahvolda qolishi uchun bor imkoniyatni ishga solishga tayyorligi haqida maqola chiqardi.

    Xitoylik amaldorlar AQShning nima qilib bo‘lmasin Xitoyni COVID-19 pandemiyasining yoyilishida aybdor qilishga urinishlaridan paymonasi to‘ldi. Shu sababli Xitoy hukumati AQShdagi bir qator yuridik shaxslarga va kompaniyalarga nisbatan aks choralar ko‘rilishini ochiqladi. Ular orasida Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmidt ham bor. Erik Shmidt koronavirus sabab Xitoyga qarshi sudga da’vo arizasi kiritgan. The Global Times nashriga yaqin bo‘lgan xitoylik mulozimlar mamlakat aks chora sifatida to‘rt nafar respublikachi kongressmenlar va ikkita Amerika kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritishni rejalashtirdi.

    Bu esa shunchaki ramziy javob chorasi emas, aksincha AQSh uchun og‘riqli javob chorasi bo‘lishi ehtimol. Ayrim Xitoyga adovatda bo‘lgan respublikachi kongressmenlar, gubernatorlar, prokurorlar Xitoy pandemiya sharoitida bee’tiborlik qilgani natijasida jiddiy iqtisodiy oqibatlar kelib chiqqani iddao qilib, Xitoydan tovon undirish maqsadida da’vo qo‘zg‘agan.

    AQSh federal sudiga shu kungacha shunday da’vo arizalaridan oltitasi kelib tushdi. Ayrim qonunshunoslar bo‘lsa o‘z qonun loyihalarida Xitoyga sud tartibida da’vo qo‘zg‘ash huquqiy to‘siqlarga qaramasdan ancha yengilroq kechishi mumkinligi borasida fikr bildirdi. Shtatlar uchun esa bu ancha mushkul ish ekani bilan o‘z fikrlarini bayon qildi. Missuri shtati Xitoyga qarshi pandemiya uchun da’vo qo‘zg‘agan birinchi Amerika shtati bo‘ldi.

    21-aprel sanasida Missuri shtati bosh prokurori Erik Shmidt Xitoy virusni to‘xtatish borasida hech narsa qilmagani, virusning xavfli ekani borasida yolg‘on ma’lumot bergani va shtat iqtisodiyot virus oqibatida 10 milliardlab dollar zarar ko‘rgani yuzasidan Xitoyga qarshi sudga da’vo kiritdi. Missisipi shtati bosh prokurori o‘z kasbdoshidan o‘rnak olgan holda Missisipi shtati aholisi adolatga erishishi va Xitoyni javobgarlikka tortish kerakligi borasida da’vo ishi qo‘zg‘adi va xitoylik ekspertlar va qonunshunoslar o‘rtasida kulgiga qoldi.

    Xitoylik rasmiylar esa Xitoyni javobgarlikka tortish tashabbusi bilan chiqqan amerikalik mulozimlar siyosiy farazdan boshqa narsaga erishmaydi va shu bilan birga ular jiddiy oqibatlar ostida qoladi, bu esa Xitoy va Missuri o‘rtasidagi savdo aloqalarining sustlashuvida ko‘rinadi, demoqda. Pandemiya bois Xitoyga qarshi qonun loyihasini faol ilgari surayotgan senatorlar orasida missurilik Josh Xouli nomi ham bor.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aprel oyining o‘rtalarida janob Xouli Xitoy suverinetiga daxl qiluvchi va amerikaliklarga pandemiya bilan bog‘liq asl manzarani buzib ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni tarqatgani bois Xitoyga qarshi da’vo qilish imkonini beradigan tashabbusni ilgari surdi. Arkanzaslik senator Tom Kotton va texaslik respublikachi senator Den Krenshoular ham koronavirus sababli Xitoyga qarshi da’vo bilan chiqish qonun loyihasini ko‘tarib chiqdi. Oradan bir kun o‘tib, nyu-jersilik qonunshunos Kris Smit Xitoyni suverenitetidan mahrum qilish va har bir amerikalikka Xitoyga qarshi da’vo qo‘zg‘ash imkonini beruvchi qonunchilik tashabbusini ko‘tarib chiqdi.

    Aftidan mazkur qonunshunoslarning butun ish kuni Xitoyga qarshi harakatlar bilan band. Xouli respublikachi senator Rik Skot bilan birgalikda federal tizimda ish ko‘radigan mulozimlar uchun TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqlab qo‘yish taklifini ilgari surmoqda. Amerikalik senatorlar va kongresmenlar qanday qilib bo‘lsa ham koronavirus uchun Xitoyni javobgar qilishga urinmoqda. Xitoy esa bir necha marotaba ikki davlatning yaxshi munosabatlari faqat o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida kechishini ta’kidlab keladi. Ammo Xitoy hukumati bu safar Xitoy–AQSh munosabatlariga pand berayotgan amerikalik siyosatchilarning “ko‘rolmasliklariga” yon bermoqchi emas.

    Xitoy hukumatidagi mulozimlar nazarida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarga raxna solayotgan amerikalik siyosatchilarning faoliyatiga panja ortidan qarab bo‘lmaydi va Xitoy keskin va qat’iy choralarni ko‘rishi kerak. Statistik ma’lumotlarga e’tibor beriladigan bo‘lsa, Xitoyning Missuri shtatidagi eksport hajmi Britaniya va Kanadadan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi. 2019-yilda Missuri shtatidan Xitoyga yetkazib berilgan tovarlar va xizmatlar ko‘lami 1,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Xitoyning Chikagodagi konsuli Xun Ley ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari Missuriga 1,1 milliard dollar sarmoya kiritgan va 4 500 nafar ishchi o‘rin yaratgan.

    Ayrim Missuridagi kompaniyalar ham Xitoyga sarmoya kirgizgan. Xitoy rahbariyati Missuri shtatiga qarshi javob tarzda iqtisodiy jazo choralari kiritgudek bo‘lsa, bu missurilik tadbirkorlar uchun katta zarba bo‘ladi. AQSh mulozimlarining tashabbuslari esa ayni paytda bir siyosiy populizmdan boshqa narsa emasdek ko‘rinmoqda.

    BMTni isloh qiladigan payt keldimi?

    The Project Syndycate nashri BMTning so‘nggi paytlarda nufuzi tushib ketayotgani ortidan mazkur tashkilotni isloh qilish borasida e’tiborga molik fikrlar bilan chiqmoqda.

    Foto: AP

    Foto: AP

    COVID-19 pandemiyasi bir qator xalqaro institutlarning nufuzi tushib ketayotgani va shu boisdan ham BMTning isloh qilinishi borasida bir nechta mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi. Xususan, BMTning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nufuzi pandemiya sabab ancha obro‘sizlangani va buning asosiy sababi sifatida xalqaro konsensus va hamkorlikning yo‘qligini ta’kidlaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti moliyaviy ko‘makka eng zarur paytda muhtojlik sezayotgan paytda AQShning tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishini e’lon qilishi ulkan zarba bo‘ldi.

    BMTning koronavirus pandemiyasidan keyingi qadamlari qanday bo‘lishiga esa ko‘p narsa bog‘liq bo‘lib qolmoqda va bu keyingi qadamlar tashkilotning kelajagini belgilashda muhim hisoblanadi. BMT tashkil etilgan paytdan beri dunyo siyosatiga ijobiy ta’sir qildi va ko‘plab muammolarga yechim topa oldi. Bu esa tashkilotning kelajagi borasida umidbaxsh tasavvurlarni yuzaga keltirdi. Inson huquqlarini himoya qilish, siyosiy nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish, kolonializmni tugatish borasidagi BMT qo‘shgan hissa beqiyos.

    Ammo so‘nggi paytlarda BMTning xalqaro maydondagi nufuzi tusha boshladi, uning dunyo mamlakatlari siyosatiga ta’siri zaiflashdi. Qachonlardir dunyo siyosatida hakamlikka da’vo qilgan tashkilot bugunda eski doktrina va konsepsiyalar bois  zaiflashdi. BMT xalqaro boshqaruv organi sifatida samarasiz, hech kim e’tiborga olmaydigan tashkilotga aylandi. Hozirda BMT ikkinchi jahon urushi va Sovet Ittifoqining parchalanishidan keyingi erishgan natijadorligidan mahrum bo‘ldi.

    Dunyo siyosati o‘zgargan bo‘lsa-da, ammo BMT hamon eski konsepsiyalar bilan ish ko‘rmoqda. XXI asrda dunyo siyosati, iqtisodiyotidagi keskin o‘zgarishlarga moslashish uchun BMTga eskicha qarashlar xalaqit qilmoqda. COVID-19 bilan bog‘liq dunyo iqtisodiyotidagi tushkunlik BMT dunyo hamjamiyati oldidagi nufuzini tiklab olish uchun hali ham kech bo‘lmagani umidini beradi. Bugungi dunyo yangi tizim uchun harakat qilar ekan, u yoki bu muammoni bir davlat yoki bir necha davlat uyushgan holda hal eta olmasligini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pandemiya bilan bog‘liq inqiroz paytida jahon hamjamiyati birdamligida kamchiliklar ko‘zga tashlandi, mamlakatlar virusga qarshi kurashda yolg‘iz qoldi va o‘z manfaatlarini himoya qilishga urindi. Koronavirus inqirozi tugashi bilan dunyo mamlakatlari aybdorni izlashga tushib ketadi. Aynan shunday bir vaqtda BMT xalqaro tashkilot sifatida kuchli “bo‘ronni” izmiga solish uchun ta’sirga ega bo‘lishi lozim. Bu esa BMT uchun mashaqqatli qaror qabul qilish jarayoni va eskicha dunyoqarashdan voz kechish imkonini beradi.

    Pandemiyadan so‘ng ta’lim, madaniyat, ilm-fan kabi sohalar o‘ta muhim bo‘lib qoladi va BMT qoshidagi YuNESKO tashkiloti uchun madaniy qadriyatlarni saqlab qolish, inson huquqlarini himoya qilish, ilmiy hamjamiyatni yo‘naltirish va yangi pandemiyalarning oldini olish, tashkilot xalqaro hamjamiyat a’zolarining manfaatlarini hisobga olgan holda rahbariyat ishini tashkil qilishdek masalalarga yangicha yondashuvi muhim masala bo‘lib qoladi. Shu kabi muammolarga muvaffaqiyatli yechim topishgina BMT va YuNESKO kabi tashkilotlarning kelajagida muhim rol o‘ynaydi.

    BMTni isloh qilish yuqori bo‘g‘in – Xitoy, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh a’zo bo‘lgan Xavfsizlik kengashidan boshlanishi joiz. Xavfsizlik kengashi a’zolari Afrika, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari davlatlari a’zolari hisobiga kengaytirilishi lozim. Bu esa global ahamiyatga ega masalalarni hal qilishda muhim. Bunday o‘zgarishlar esa tamomila o‘zini oqlaydi. Nega? Hindiston mazkur o‘n yillikda eng aholisi ko‘p mamlakatga, Yaponiya dunyoning iqtisodiy jihatdan yetakchi uchinchi mamlakatiga aylanadi, JAR va Nigeriya esa Afrika qit’asidagi iqtisodiy va demografik o‘sishi yuqori bo‘lishi kutilayotgan mamlakatlardir.

    Bundan tashqari, BMT tashkilotlari joylashgan mintaqa mamlakatlari tashkilotning yuqori mansablariga tayinlanmasligi kerak. Ko‘pincha bunday holat tashkilotning qonun doirasida ish ko‘rishiga va mustaqilligiga salbiy ta’sir qilmoqda. Bunday qarorlar amalda qanday oqibatlarga olib kelayotgani pandemiya davrida yuzaga chiqib qolmoqda.

    Qohirada joylashgan arab davlatlari Ligasi tashkiloti arab dunyosi hamkorligi uchun tashkil qilingan edi, ammo muntazam ravishda mazkur tashkilotning bosh kotibligiga misrlik vazirlar saylanib kelishi bu tashkilotning tanazzuliga olib keldi. Rasmiy Qohira mazkur tashkilotni Misr siyosatining tarmog‘iga aylantirishga urinishi natijasida tashkilot siyosati tanazzulga yuz tutdi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshira olmadi.

    COVID-19 pandemiyasi esa BMTni isloh qilish uchun yangi turtki bo‘lib xizmat qilishi kerak. Islohotlar amalga oshmasa, qachonlardir muhim keskin siyosiy jarayonlarni oldini olishga yordam bergan tashkilot bugungi dunyodagi o‘z ahamiyati va nufuzini yo‘qotishda davom etadi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    16.05.2020, 18:34   Izoh (0)   95718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp “super-puper” raketani yaratish boshlanganini e’lon qildi

    16.05.2020, 14:29

    Tramp AQShning koronavirus vaksinasi sotuvidan daromad qilish niyati yo‘qligini bildirdi

    16.05.2020, 09:29

    Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 milliondan oshdi

    16.05.2020, 07:54

    Ozarbayjonda karantin tartibi yil oxiriga qadar davom etishi mumkin

    16.05.2020, 07:16

    Rossiya qo‘shinlari Suriyadagi maktablar va kasalxonalarga atayin hujum qilgan bo‘lishi mumkin

    16.05.2020, 00:12

    Rossiyada bir sutka ichida koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi

    16.05.2020, 00:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.