O‘zbekistonda 13-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 28 kishiga oshib, 2596 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Kun davomida qayd etilgan 49 ta yangi kasallanish holatining 22 tasi xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 tasi ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlandi.
“Ayni paytda yurtimizda davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekistonda 2055 nafar kishi koronavirusdan sog‘aygan, 10 nafar bemor esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)