“Lion” prezidenti Jan-Mishel Olas Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasidagi “Yuventus”ga qarshi o‘yin avgust oyida bo‘lishini tasdiqladi.
“Yuventus”ga qarshi o‘yin 7-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Turinda tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Agar bizning Fransiya professional futbol ligasiga qarshi arznomamiz qabul qilinmaydigan bo‘lsa, “Lion” va PSJ o‘yin amaliyotiga ega jamoalar tomonidan tor-mor etiladi”, — deydi Olas.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi muddatidan avval yakunlandi. “Lion” esa sud orqali Liga 1 joriy mavsumini qayta tiklashga harakat qilmoqda.
“Lion” Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida “Yuventus”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. PSJ esa to‘xtalishlarga qadar “Borussiya D” to‘sig‘idan o‘tib (1:2, 2:0), chorak finalga yo‘l olgandi.
Izoh (0)