• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: “Qishloqda, mahallada o‘zgarish bo‘lsa, iqtisodiyot ham rivojlanadi”

    Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-may, payshanba kuni Andijon, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlari tuman va shaharlarining iqtisodiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Shuncha sa’y-harakatlarimiz, qabul qilayotgan qarorlarimiz qishloqdagi oddiy odamlar hayotiga nima o‘zgarish olib kiryapti, daromadi ko‘paydimi, ishga joylashdimi, bolasi o‘qishga kirdimi, uyli-joyli bo‘ldimi, to‘yib ovqatlanyaptimi, toza suv ichyaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi. Bu barcha darajadagi rahbarlar xalqimiz oldida javob berishi kerak bo‘lgan eng asosiy savollardir”, — dedi Prezident.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda markazdagi rahbarlar qarorlar qabul qilishda hokimlarning umumiy hisobotlari bilan kifoyalanib qolayotgani tanqid qilinib, bundan buyon hududlarga oid har bir masalani aniq tuman, qishloq, mahalla, soha va korxona kesimida muammoning eng quyidagi ildizigacha tushib, uni hal qilish zarurligi ta’kidlandi. Dasturlar ishlab chiqishni har bir qishloqdan boshlash, qaysi qishloqda qaysi yo‘nalishni rivojlantirish, bunga qancha mablag‘ ajratish kerakligini aniq ko‘rsatish talabi qo‘yildi.

    Surxondaryoda 55 mingta, Andijonda 41 mingta, Navoiy viloyatida 14 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish lozimligi, buning uchun kichik korxonalarni ko‘paytirish, hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish orqali aholi farovonligini oshirish zarurligi qayd etildi.

    Yig‘ilishda buning uchun uchta yo‘nalishdagi ishlarga qo‘shimcha turtki berish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Birinchi yo‘nalish — sanoatni rivojlantirish, mavjud xomashyoni chuqur qayta ishlash, har bir tuman, qishloq va mahallani ixtisoslashtirish.

    Andijon, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ishlab chiqarishning asosiy qismi bitta tarmoqqa yoki respublika tasarrufidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Jumladan, Andijonda sanoat ishlab chiqarishning 69 foizini mashinasozlik, Navoiyda esa 72,5 foizini kon-metallurgiya tashkil etadi. Surxondaryo sanoatining mamlakatdagi ulushi atigi 1,5 foiz, yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa atigi 8 foiz bo‘lib, respublikada eng past ko‘rsatkichlardan biri.

    Yig‘ilishda ushbu hududlarda sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish uchun barcha imkoniyatlar borligi ta’kidlanib, bu boradagi chora-tadbirlar belgilandi.

    Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tashabbuskorlarga 32 ta tikuv-trikotaj korxonasi uchun joy ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu korxonalarda 6,5 mingta ish o‘rni yaratiladi.

    Buloqboshi tumani tog‘ hududidagi konlarni o‘zlashtirib, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Oltinko‘l tumani “Ijtimoyat” mahallasida mebel tayyorlashni sanoat darajasiga olib chiqish mumkinligi qayd etildi.

    Asaka tumanidagi avtomobil zavodi yaqinida, unumdorligi past yerlarda, kichik sanoat zonasi tashkil etib, butlovchi qismlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Suvliq Granit” konining elektr tarmog‘ini rekonstruksiya qilish orqali “Istiqlol” mahallasidagi 450 nafar aholini ish bilan ta’minlash mumkinligi, Tomdi tumanida fosforit, shisha, sement, pardozbop qurilish toshlari va ohaktosh zaxiralari mavjudligi, shuningdek, Uchquduq tumanida qayta geologik o‘rganishlar o‘tkazilsa, yana ko‘p imkoniyatlar ochilishi aytildi.

    Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida gilamdo‘z hunarmandlar faoliyat olib borishi, Bandixon tumanida esa gilam uchun zarur xomashyo — qo‘y va echki juni ko‘pligi, mazkur qo‘shni tumanlar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 85 tonna jun va terini qayta ishlash mumkinligi ta’kidlandi.

    Shavkat Mirziyoyev Oltinsoy tumanida elektr ta’minoti yaxshi emasligi sababli yiliga yetishtirilayotgan 80 ming tonna uzum va 13 ming tonna g‘allani qayta ishlash imkoni cheklanib qolgani, shuningdek, u yerda qurilishda talab bo‘lgan 10 million tonna pardozbop tosh zaxirasi mavjudligi kabi ko‘plab imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga Andijon, Navoiy va Surxondaryoda 33 gektar yer va 5,3 ming kvadrat metrli bo‘sh binolarda 10 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

    Ikkinchi yo‘nalish — joylarda investitsion va turistik salohiyatni oshirish, servis xizmatlarini yaxshilash uchun infratuzilma obyektlarini rivojlantirish.

    Yig‘ilishda Andijon, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida bu boradagi holat tumanlar kesimida tahlil qilindi.

    Xonobod shahrining xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Andijon viloyatidagi ulushi bor-yo‘g‘i 1 foizni tashkil etishi, aslida u yerdagi yerosti ma’danli suvlarni o‘zlashtirish orqali sog‘lomlashtirish turizmini yo‘lga qo‘yish, shifobaxsh suv ishlab chiqarish imkoniyati borligi misol qilib keltirildi.

    Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv ombori hamda Navbahor tumanidagi “Sarmishsoy” hududiga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash va turistik zonalar tashkil etish orqali ularga sayyohlar oqimini bir necha barobar ko‘paytirish mumkinligi aytildi.

    Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida birorta bozor yo‘qligi, bundan tashqari, tuman hududidan o‘tgan Manguzar—Termiz—Denov avtomobil yo‘lida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish lozimligi tanqid qilindi.

    Xizmat ko‘rsatishning shu kabi barcha zaxiralarini hisob-kitob qilib, ularni ishga tushirishga tadbirkorlarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Uchinchi yo‘nalish — qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.

    Prezident Andijon tumani “Mirobod” mahallasi aholisi qalampir ekib, yiliga 2 ming tonnagacha hosil olishi, boshqa hududlardan yiliga 3-4 ming tonna sotib olib, qayta ishlashi, Izboskan tumani “Yuqori Chuvama” mahallasidagi mingta xonadonda tog‘ yong‘og‘i va yeryong‘oq yetishtirilishi haqida gapirdi.

    Ushbu omilkor odamlarga qo‘shimcha yer ajratish orqali mahsulotlarni qayta ishlash va ish o‘rinlarini ko‘paytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Yig‘ilishda asosiy va bog‘-tok qator oralariga ekin ekish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirib, narx-navo barqarorligini ta’minlash masalalariga yana bir bor to‘xtalib o‘tildi.

    “Har bir rahbar o‘z ish uslubini o‘zgartirib, oddiy odamlarning imkoniyati va ko‘nikmalarini inobatga olib, amaliy loyihalar qilinsagina tezroq natija bo‘ladi. Qishloqda, mahallada o‘zgarish bo‘lsa, iqtisodiyot ham rivojlanadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Videoselektor yig‘ilishida Andijon, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimlari, tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, deyiladi xabarda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mavzuga doir: 

    • “‘Bajaramiz’, ‘yest’ qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Ko‘p odamlar bilan xayrlashaman” — Shavkat Mirziyoyev
    • Shavkat Mirziyoyev: “Rahbarlar kambag‘alning hayotini yaxshilash, ularni band qilish va daromadini oshirish masalalari bilan ustuvor darajada shug‘ullanishi kerak”
    • Shavkat Mirziyoyev: 2020-yil og‘ir keldi

    07.05.2020, 22:56   Izoh (0)   14428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

    07.05.2020, 22:44

    Shavkat Mirziyoyev “yashil” viloyatdagi biror-bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasi o‘zgartirilmasligi haqida gapirdi

    07.05.2020, 22:08

    Shavkat Mirziyoyev: “Xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 45 ming fuqaro karantinga olingan”

    07.05.2020, 21:57

    Foto: Toshkentda qurilayotgan “G‘alaba bog‘i”da o‘rnatiladigan harbiy samolyotlar

    07.05.2020, 21:13

    Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin iqtisodiy hamkorlik va koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi

    07.05.2020, 20:43

    O‘zbekistonda 8-may kuni kechga borib yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda

    07.05.2020, 20:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerikalik ayol to‘rt farzandini bir kunda, ammo turli yillarda dunyoga keltirdi

    Qo‘ziqorin | 31 iyul, 12:20

    Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov aytgandek bo‘lmaydi: gazni subsidiyalash 2028-yilda ham davom etadi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 12:15

    BMT G‘arbning ko‘rsatmalari bilan faoliyat yuritadi — “Tolibon”

    Dunyo | 31 iyul, 12:05

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 31 iyul, 11:50

    Namanganda harakatlanayotgan mashina tomiga o‘tirib, video olgan ayolga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 iyul, 11:45

    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

    Reklama | 31 iyul, 10:30

    Kamchatkadagi kuchli zilziladan so‘ng Yevrosiyodagi eng yirik vulqon otildi (video)

    Dunyo | 31 iyul, 11:40

    Shakarsiz gazli ichimliklar qandli diabetga chalinish ehtimolini 38 foizga oshirishi aniqlandi

    Ilm-fan | 31 iyul, 11:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.