Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida yashovchi besh yoshli Kuper Xayns singlisini bir yarim metrli kenguru changalidan qutqardi, deb xabar beradi The Mirror.
Qayd etilishicha, bola og‘ir jarohatlar olgan.
Kuper va uning uch yoshli singlisi Jorjiya uy oldida o‘ynayotgan edi. Kutilmaganda hovliga kirgan kenguru qizchaga tashlangan.
Kuper singlisini to‘sib, baqira boshladi. Kenguru bolani yiqitib, uning ustiga sakragan.
Bolalarning onasi uyda bo‘lgani uchun darhol chiqib, vaziyatga aralashgan. U kenguruni tayoq bilan quvib yuborgan.
Kuper boshi, qo‘li va tanasining boshqa joylaridan jarohat olgan. Avval kirishuvchan bo‘lgan bola ushbu hujumdan keyin deyarli hech kim bilan gaplashmayapti.
Izoh (0)