Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 4-may, dushanba kuni soat 21:20 larda odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Foto: YHXBB

Hodisa Mustaqillik ko‘chasida joylashgan Xalq banki ro‘parasida yuz berdi. 1989-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Lacetti yuqori tezlikda ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, harakatda bo‘lmagan “Yo‘l qurilish unitar” korxonasiga tegishli bo‘lgan asfalt yotqizish mashinasiga urilgan.

Foto: YHXBB

Lacetti haydovchisi A.S. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo‘lovchisi 1986-yilda tug‘ilgan A.P. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham odam o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. “Jiguli” yuk mashinasiga urilishi oqibatida yuk mashinasida bo‘lgan 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi vafot etdi.