Jonatan Xaginski 17 yoshida 1990-yilda ishlab chiqarilgan mototsiklni sotib olgan. Biroq u ushbu mototsikldan uzoq bahramand bo‘la olmagan: oradan bir oy o‘tgach yigitcha avariyaga uchragan va singan bilagi bilan shifoxonaga jo‘natilgan. Avariya joyida qarovsiz qolib ketgan Kawasaki KX noma’lum kimsa tomonidan o‘g‘irlab ketilgan, deb xabar beradi Motor.
Shifoxonadan chiqqan Xaginski zudlik bilan mototsikli o‘g‘irlangani to‘g‘risida ariza yozgan, biroq qidiruvlar hech qanday natija bermagan.
Oradan 27 yil o‘tgach, o‘g‘irlangan mototsikl topildi. NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Konnektikut shtati huquq-tartibot idoralari xodimlari 2019-yilning yozida o‘tkazilgan reydlar vaqtida bir necha o‘nlab kvadrotsikl va mototsikllarni musodara qilgan.
Ularni utilizatsiyaga yuborishdan oldin, politsiyachilar mototsikllar qidiruvda bo‘lgan yoki bo‘lmaganini tekshirib ko‘rgan. Ma’lum bo‘lishicha, Kawasaki KX qariyb 30 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan.
Hozirda mototsikl o‘zining 44 yoshli xo‘jayiniga qaytarilgan. Ma’lumot uchun, Xaginski mototexnikalarni ta’mirlash ustaxonasiga egalik qiladi.