O‘zbekistonda neft mahsulotlariga bo‘lgan yillik talabning 44 foizi import hisobidan qoplanmoqda. Bu masalaga 4-may, dushanba kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda e’tibor qaratilgan.
Yig‘ilishda ommabop qishloq xo‘jaligi texnikasi va yuk avtomobillarini gazga moslashgan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
2020-yil yakunigacha uchta propan-butan aralashmasi hamda sintetik yoqilg‘i (GTL) zavodi ishga tushiriladi. Qayd etilishicha, buning natijasida O‘zbekistonda aviakerosin, dizel va suyultirilgan gaz importi to‘liq qisqaradi.
Izoh (0)