Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qozog‘istonda 3-may holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 20 ta holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 3 877 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, Nur-Sultonda 4 ta, Olmaota viloyatida 4 ta, Mang‘istau viloyatida 1 ta, Qizilo‘rda viloyatida 4 ta, Atirau viloyatida 1 ta, Aqto‘be viloyatida 6 ta holat aniqlangan.

2-may kuni 114 kishi koronavirusga chalingani xabar berilgan edi. Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, 995 nafar bemor sog‘aygan.

Qirg‘izistonda esa 3-may kuni koronavirusga chalinganlar soni 26 kishiga ko‘payib, 795 nafarga yetdi, bemorlarning 37 nafari tuzaldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat koronavirusga qarshi shtabiga tayanib.

Qayd etilishicha, kasallanganlarning 7 nafari tibbiyot xodimlaridir. Shu kungacha koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari soni 207 kishiga yetdi.

Umumiy hisobda mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalingan 795 bemordan 564 nafari sog‘aygan, 10 nafari vafot etgan.

O‘zbekistonda esa 3-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2127 nafarga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan
Dunyo
Ukrainadagi urush: taktik yadro quroli nima va u Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinmi?