Toshkent shahrida 1-may kuni soat 23:00 dan 4-mayga qadar Keles yo‘lining Kichik halqa yo‘lidan Hasanov ko‘chalari oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu Olmazor tumani Keles yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, shu vaqt oralig‘ida ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yurishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)