O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro aviaqatnovlar joriy yilning 30-iyunigacha tiklanmaydi. Bu xabarni “Daryo”ga Uzbekistan Airways kompaniyasi tasdiqladi.
Qayd etilishicha, 30-iyunga qadar aviachiptalar sotish ham to‘xtatiladi. Qatnovlarni tiklash masalasi dunyodagi vaziyatga ko‘ra qayta ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30-mart kuni soat 00:01 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatilgandi.
Respublikadagi aeroportlar ish faoliyati va aviaparvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralarining uzaytirilishi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
Izoh (0)