Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.

Xabar berishlaricha, ushbu cheklov choralari doirasida 30-mart soat 00:01 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatiladi.