Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston Superligasi klublari orasida eng qimmat tarkibga ega jamoa “Paxtakor” bo‘lib qolmoqda.
“Sherlar” tarkibi 11,9 million yevroga baholangan. Shu bilan birga aprel oyi boshidagi narx bilan hisoblaganda (14,1 million) “Paxtakor” Superliga eng ko‘p miqdorda arzonlagan klub bo‘lib turibdi — 2,2 million yevro.
Ikkinchi o‘rindagi “Lokomotiv” 1,3 million yevroga arzonlashgan bo‘lsa, kuchli uchlikka kirgan “Navbahor” tarkibi 920 ming yevro yo‘qotgan. So‘nggi o‘rinlardagi “Andijon” va “Metallurg”dan tashqari barcha jamoalar narxida pasayish bo‘lgan.
Superliga klublari tarkibining narxlari:
- “Paxtakor” — 11,9 million yevro
- “Lokomotiv” — 7,75
- “Navbahor” — 6,33
- OKMK — 5,8
- “Bunyodkor” — 5,6
- “So‘g‘diyona” — 5,33
- “Qo‘qon-1912” — 5,15
- “Nasaf” — 4,83
- “Surxon” — 4,6
- “Buxoro” — 4,1
- “Metallurg” — 3,98
- “Qizilqum” — 3,48
- “Andijon” — 2,68
- “Mash’al” — 2,3
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)