Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Diyego Kosta “Inter” ustozi Antonio Konte haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Maydondan tashqarida u bilan munosabatlarimiz yaxshi emas edi, biroq uni buyuk murabbiy deb hisoblayman. Kontega nisbatan hech qanday salbiy fikrim yo‘q. Biroq jahon darajasidagi murabbiyga aylanish uchun, u birgalikda ishlaydigan odamlarga nisbatan munosabatini o‘zgartirishi kerak. U juda shubhali, masalan, Antonio “Real” kabi klubda bir mavsum ham ishlay olmasdi”, — deydi Kosta.
Diyego Kosta 2016-2017-yillarda “Chelsi”da Konte qo‘l ostida to‘p surgan. Aynan Konte futbolchining londonliklar safini tark etishiga sabab bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)