• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etildi (ro‘yxat)

    O‘zbekiston hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika subyektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qarori qabul qilindi.

    Mazkur qaror bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi o‘rtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda budjet tushumlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning quyidagi bir qator yo‘nalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

    • qurilish materiallari bozorlari, shu jumladan, qurilish materiallarining chakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (maydoni 500 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan);
    • yirik ishlab chiqaruvchi subyektlarning o‘z mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan hududlardagi tarmoq do‘kon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kvadrat metrga 1 nafar xaridor tartibi asosida);
    • hunarmand va ustalarga — ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘kon) sotish faoliyatiga;
    • urug‘ va ko‘chat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlariga (mulkchilik shaklidan qat’i nazar);
    • tijorat banklarining obyektlardagi shoxobchalari (kassalari)ga;
    • avtomobillarga ehtiyot qismlari sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari (mulkchilik shaklidan qat’i nazar)ga;
    • avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga — 1000 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan maydonga ega subyektlar, shuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarga;
    • kimyoviy tozalash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga;
    • notarial idoralar va sug‘urta kompaniyalarining faoliyat yuritishiga;
    • to‘xtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish ishlarini davom ettirishga.
    Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat yuritishi hamda qator obyektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.

    Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona va tashkilotlarda COVID-19 kirib kelishining oldini olish va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan talablar:

    • korxona yoki tashkilot, qurilish obyekti ochiq zonada joylashgan bo‘lsa, albatta, atrofini to‘liq o‘rash, begonalar kirishini qat’iyan man qilish;
    • korxona va tashkilotlarga begona shaxslar kirishining oldini olish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘riqlash va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;
    • xodimlarni har kuni ishxonada kamida 2 marotaba — ish boshlanishidan avval va ishdan keyin “filtr”dan o‘tkazish, tana haroratini o‘lchash, tana harorati yuqori bo‘lgan yoki kasallik alomatlari bo‘lgan xodimlar aniqlanganda, albatta, ishdan chetlashtirish;
    • tana harorati yuqori bo‘lgan yoki kasallik alomatlari (quruq yo‘tal, holsizlik, yuqori harorat, hid sezish qobilyatining pasayishi) bo‘lgan xodimlarni alohidalashtirish uchun tibbiy punktda izolyator tashkil etish;
    • ish kuni boshida yoki yakunida barcha xonalarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish, shuningdek, kvars lampalar bilan ishlov o‘tkazish, albatta, kun davomida kamida ikki marotaba xonalarni shamollatish;
    • korxonalarda barcha xodimlar uchun qulay bo‘lgan joylarga qo‘llarini dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar o‘rnatish;
    • har kuni jamoat uchun umumiy bo‘lgan xonalarni (ovqatlanish, dam olish xonalari, hojatxona) zararsizlantiruvchi vositalar bilan zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish;
    • har 2-4 soatda barcha tashqi muhit obyektlarini (eshik tutqichlari, chiroq yoqish tugmalari, zina tutqichlari, stol, stullar, tashkiliy texnika) zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar o‘rnatish;
    • yuvuvchi va zararsizlantiruvchi moddalar, shaxsiy himoya vositasining (niqob va rezina qo‘lqop) 5 kunlik zaxirasini yaratish, tibbiy niqoblarni kamida har 2-3 soatda almashtirish;
    • xodimlarning ish joyida bir-biridan kamida 2 metr masofada muloqot qilishlarini nazorat qilish;
    • barcha xodimlarni to‘liq shaxsiy himoya vositasi (tibbiy niqob va rezina qo‘lqop)da faoliyat ko‘rsatishini muntazam nazorat qilish, shaxsiy himoya vositalarini ishlatilgandan so‘ng markazlashgan holda yig‘ish va ularni utilizatsiya qilish;
    • ba’zi korxonalar xodimlari o‘rtasida yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining oldini olish va maksimal darajada muloqotni kamaytirish maqsadida onlayn tarzida ish faoliyatini tashkil etish;
    • xodimlarning ovqatlanishi uchun alohida xona tashkil etish, ish joyida ovqatlanishni taqiqlash, ularning qo‘l yuvishi uchun zararsizlantiruvchi uskunalar bilan ta’minlash;
    • xodimlarga karantin vaqtida qulaylik yaratish va ularning erkin holda ko‘chada yurishlarining oldini olish va foydali ish soatlarini oshirish maqsadida markazlashgan holda ovqat yetkazib berilishini ta’minlash;
    • xodimlarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, barcha xodimlar ish joyi va yotoqxonalari o‘rtasida piyoda yurishlarini taqiqlash, ularni transport vositalari bilan ta’minlash;
    • jamoa yig‘ilish xonalari (chekish xonasi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, oshxona, majlislar xonasi)dan foydalanishda cheklov choralarini ko‘rish;
    • agarda korxona va tashkilotda biror nafar xodimda quruq yo‘tal, isitma, holsizlik va shunga o‘xshash klinik belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan 103 raqamli tez yordamga murojaat qilish.
    Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha savdo korxonalarida COVID-19 kirib kelishining oldini olish va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan talablar
    1. Tashrif buyuruvchilar uchun:
    • savdo nuqtasi va unga tutash hududlarda xavfsizlikni ta’minlash va xaridorlar orasidagi ijtimoiy masofaning saqlanishiga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida qo‘riqlash va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;
    • savdo nuqtasiga kiruvchi har bir shaxsning tana haroratini masofadan turib o‘lchashni tashkil etish. Tana harorati yuqori bo‘lgan fuqaro aniqlansa, savdo markaziga kiritmaslik va 103 telefon raqami orqali tibbiyot xodimlarini chaqirtirish;
    • savdo nuqtasiga kirish joyida dezinfeksiyalovchi vosita bilan to‘yintirilgan maxsus gilamcha (dezinfeksiyalash to‘sig‘i)ni 1 smenada eng kamida 1 marotaba almashtirib turish;
    • yirik savdo markazlari (maydoni 500 kvadrat metrdan katta)da tashrif buyuruvchi odamlarning ust-boshidan antiseptikni purkash yo‘li bilan dezinfeksiyalash uchun maxsus o‘tish joylarini o‘rnatish;
    • savdo do‘konlariga kirish joyida teri uchun maxsus antiseptik (shu jumladan, o‘rnatilgan dozatorlar yordamida)lar bilan qo‘lni zararsizlantirish joylarini tashkil qilish;
    • har bir xaridor orasida 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofaning saqlanishini ta’minlash.
     
    1. Savdo nuqtasi xodimlari uchun:
    • shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari kasalliklari belgilari (tana haroratining yuqoriligi, yo‘tal, tumov) bo‘lgan xodimlar ishga qo‘yilmasligini ta’minlash;
    • xodimlarni 1 martalik yuz niqoblari bilan yetarli darajada ta’minlash (yuz niqobini ishlatish muddati va ish vaqtining davomiyligiga qarab kamida 3 soatda 1 dona);
    • xaridorlar bilan ishlovchi har bir xodimni eng kamida 5 dona yuz niqobi, antiseptik salfetkalar, qo‘lqop, teri va qo‘lni zararsizlantiruvchi (ro‘yxatga olingan va qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmasi bo‘lmagan) antiseptiklar bilan ta’minlash;
    • xodimlarning ovqatlanish va dam olish vaqtlarida to‘planishlarini cheklash, ish joyida ovqatlanishni taqiqlash, ular uchun bir martalik idishlardan foydalangan holda karantin vaqtida qulaylik yaratish va ularning erkin holda ko‘chada yurishlarining oldini olish va foydali ish soatlarini oshirish maqsadida markazlashgan holda ovqat yetkazib berilishini ta’minlash;
    • har 2-4 soatda barcha tashqi muhit obyektlarini (eshik tutqichlari, chiroq yoqish tugmalari, zina tutqichlari, stol, stullar, tashkiliy texnika, aravachalar tutqichlari) zararsizlantirish uchun yetarli darajada zararsizlantiruvchi uskunalar o‘rnatish;
    • xodimlarni har bir ovqatlanish oldidan, ishdan so‘ng qo‘llarini maxsus zararsizlantiruvchi vositalar bilan yuvish, profilaktik chora-tadbirlarga, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligi to‘g‘risida muntazam xabardor qilib borish;
    • ishlatilgan shaxsiy himoya vositalarini maxsus idishlarda alohida ajratilgan yig‘ish va ularning utilizatsiya qilinishini ta’minlash.
    Maxsus komissiya qarorida korxona va tashkilot rahbarlari qo‘l ostida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning sog‘lig‘i uchun mas’ul ekanliklari yana bir bor eslatib o‘tilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilindi.

    24.04.2020, 23:26   Izoh (0)   177592
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar IIBB xodimlari xizmat mashinalari yordamida 3 yoshli bolani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)

    24.04.2020, 22:55

    Markaziy harbiy okrug harbiylari koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 515 mln so‘m xayriya qildi

    24.04.2020, 22:19

    O‘zbekiston hukumati tomonidan 2019-yilda jalb qilingan qarz miqdori ma’lum qilindi

    24.04.2020, 22:07

    Prezident Farg‘ona va Qashqadaryodagi bog‘ va tokzorlar qator oralariga to‘liq ekin ekish bo‘yicha topshiriq berdi

    24.04.2020, 21:32

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 600 nafardan oshdi

    24.04.2020, 21:07

    Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi

    24.04.2020, 20:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oston O‘runovning goli “Persepolis”ga g‘alaba olib keldi (video)

    Sport | 9 may, 08:58

    Toshkentdan Laxorga uchadigan reyslar bekor qilindi

    O‘zbekiston | 9 may, 08:44

    Yevropa Ligasi. Angliyaning ikki klubi final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 9 may, 08:44

    Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi

    Dunyo | 9 may, 08:41

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.