• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Farg‘ona va Qashqadaryodagi bog‘ va tokzorlar qator oralariga to‘liq ekin ekish bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel, juma kuni, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlatish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

    Mavzuga doir: Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi

    Qayd etilishicha, 2020-yil qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun Farg‘onadagi 130 ta obyektga 632 milliard so‘m, Qashqadaryodagi 132 ta obyektga 536 milliard so‘m ajratilgan. Lekin birinchi chorakda mablag‘larni o‘zlashtirish va loyihalarni amalga oshirish rejadagidan ancha ortda qolgan.

    Prezident aholi bandligini ta’minlash uchun qurilishlarni davom ettirishga ruxsat berilganini inobatga olib, mazkur ikki viloyatdagi obyektlarda belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

    Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash — eng dolzarb masala. Bu boradagi katta rezervlardan biri esa bog‘ va tokzorlar qator oralaridir, deyiladi xabarda.

    Farg‘ona viloyatida 34 ming gektar, Qashqadaryoda 22 ming gektardan ortiq maydonlarda bog‘ va tokzorlar bor. Lekin har yili faqat 20 foiz qator oralariga ekin ekiladi.

    Shundan kelib chiqib, ushbu viloyatlar hokimlariga mavjud bog‘ va tokzorlar qator oralariga to‘liq ekin ekilishini tashkil qilish, shu orqali aholi bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

    Foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarda quduq qazib, aholiga bo‘lib berish zarurligi qayd etildi. Buning uchun Farg‘onaga 15 milliard so‘m, Qashqadaryoga 11 milliard so‘m ajratilgan.

    Kam ta’minlangan oilalarga qoramol, parranda va asalari uyasi tarqatib, kooperatsiya asosida aholi bandligini ta’minlash, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bu yil suv kamligi sababli O‘zbekiston, Uchko‘prik, Yozyovon, Qo‘shtepa, Mirishkor, Nishon, Muborak va Kasbi tumanlarida takroriy ekinlarni sug‘orishda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Shu bois ushbu hududlarda suv kam talab qiladigan, eksportbop dukkakli ekinlar ekish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

    G‘alladan bo‘shagan maydonlarning 50-60 foiziga fermer o‘z ishchilari bilan ekin ekishi, qolgan qismini karantin sharoitida vaqtincha ishsiz qolgan va ko‘makka muhtoj aholiga bo‘lib berishni tashkil etish vazifasi yuklatildi.

    Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari hokimlari karantin qoidalariga amal qilgan holda korxonalarni ishga tushirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan hisobot berdi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda pandemiya sharoitida oziq-ovqat yetishmovchiligining oldini olish uchun tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha topshiriq berilgan hamda tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalariga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha hujjat ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonda tomorqa yerlardan unumli foydalanmagan fuqarolarni jarimaga tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, 8-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ishsiz aholini qishloq xo‘jaligiga jalb qilish bo‘yicha ham bir qator imkoniyatlar yaratilgani ma’lum qilingandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda pandemiya sabab foydalanilmayotgan yerlar aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun berilishi kutilmoqda

    24.04.2020, 21:32   Izoh (0)   35094
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 600 nafardan oshdi

    24.04.2020, 21:07

    Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi

    24.04.2020, 20:49

    Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    24.04.2020, 20:08

    Chirchiqda uyidan 2 kun chiqmagan fuqaro hushsiz holda topildi

    24.04.2020, 19:39

    “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida aholi va tadbirkorlarga yordam berish masalasi senatorlar tomonidan muhokama qilindi

    24.04.2020, 19:09

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    24.04.2020, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.