• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatida 10 kun yotgan bemor taassurotlari haqida gapirib berdi

    Koronavirus dunyoning barcha davlatlarida sog‘liqni saqlash tizimi uchun sinov bo‘ldi. Kasallikni davolovchi vaksina yo‘q va dorilar ham yetishmaydi, koronavirusning og‘ir darajasidagi bemorlar o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanmoqda. Britaniyadagi davlat kasalxonalarida 10 kun davomida shunday qurilmada yotgan londonlik bemor o‘z taassurotlari haqida “RIA Novosti” nashriga intervyu berdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Energetika uchun trubina qurilmasining loyihachi-injeneri 36 yoshli Mark jonlantirish bo‘limida pandemiyadan bir necha yil avval davolangan. U kasalxonaga bir nechta kasalliklar — og‘ir bronxit, o‘tkir ko‘richak bilan olib kelingan va uni operatsiya qilishgan, biroq narkozdan keyin u mustaqil ravishda nafas ololmagan.

    “Operatsiyadan keyin ko‘zimni ochganimda palatada kislorod niqobi bilan yotgandim, shifokor menga nima bo‘lganini tushuntirib, oddiy palataga o‘tkazdi va hammasi yaxshi bo‘lishini aytdi. Palatada bir kun yotdim, kislorod niqobini olib tashlashdi, hammasi yaxshi edi. Biroq kechga borib nafas olishga qiynala boshladim, havo yetishmasdi. Ahvolim og‘irligini ko‘rgan tibbiyot xodimlari menga CPAP niqobini taqib, yana apparatga ulashdi, u bilan bir kecha va kunning birinchi yarmiga qadar nafas oldim. Keyin meni kasalxonaning so‘nggi qavatidagi jonlantirish bo‘limiga o‘tkazishdi”, – deydi Mark.

    СРАР (Continuous Positive Airway Pressure) bemor mustaqil ravishda nafas ololmayotgan vaqtida ko‘mak berish uchun ulanadi. Bemorga niqob taqiladi va u orqali kislorod yetkazib beriladi. CPAP apparati o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparati va kislorod terapiyasidan oldingi bosqich.

    Maxsus apparatlarda yotishMark jonlantirish bo‘limidagi dastlabki kunlarini eslashga qiynaladi, narkozning asoratlari jiddiy bo‘lgan, bemorning isitmasi ko‘tarilgan va bronxit sabab holsizlik kuzatilgan, uni antibiotiklar bilan davolashgan va Mark xotirjam yotmagan. Uni avvaliga jonlantirish bo‘limining ikkinchi toifali qismiga yotqizishgan, u yerda o‘lim xavf solmayotgan bemorlar davolanadi.

    “Kunning ikkinchi yarmida umuman nafas olmay qo‘ydim, bir amallab tibbiyot xodimlarini chaqirish tugmasini bosdim, pult tezkor terapiya bo‘limidagi har bir bemorning qo‘liga berilardi. Mening ushbu holatimga apparatlar ham turli baland ovozlar chiqarishni boshladi. Avvaliga atrofimda hech kim bo‘lmaganini, so‘ngra bir soniya ichida tepamda hamshira va shifokorlar paydo bo‘lishganini eslayman”, – deydi agentlik bilan suhbatda Mark.

    Shundan keyin bemorning o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatidagi o‘n kunlik davri boshlangan. Bemor CPAP’da ham nafas olishga qiynala boshlaganida, uning tomog‘iga naycha ulab nafas yo‘llariga kislorod yuboriladi. Bunday bemorlar ovqatni ham o‘sha naycha orqali tanovul qiladi, ya’ni ovqat ham shu yo‘l bilan yuboriladi, faqat bunda suyuq yogurt shaklidagi aralashma burun orqali jo‘natiladi. Ushbu yegulik maxsus qurilma orqali beriladi.

    Markning so‘zlariga ko‘ra, o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatining noqulayliklari ko‘p, biroq u ulangan vaqtda yuqori harorat va holsizlik kuzatilmagan, uning apparatdagi davri, asosan, uyquda kechgan.

    “Tomog‘ingda nimadir borligini sezasan, bo‘yningni bura olmaysan, o‘tirish va turishni ham eplay olmaysan. Biroq men ushbu holatdan norozi bo‘lganman, jahlim chiqqan, deya olmayman, ahvolim og‘irligi sabab faqat uxlardim. Shifokorlar menga sedativ vositalar va maxsus tibbiyot gazlari yuborib, meni tinchlantirishgani va bu ko‘proq uxlashimga sabab bo‘lganini tushuntirishdi”, – deydi Mark.

    Uning hikoya qilishicha, u o‘zining qachon o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanganini bilmaydi, sababi  bemor apparatga ulanganidan so‘ng u umumiy narkoz ostida bo‘ladi va narkozdan ahvoli yaxshilanganidan keyin chiqariladi. Shu tariqa bemor uyg‘onganidan keyin og‘ziga trubka qo‘yilganini payqaydi.

    Britaniyada bemorlar o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatiga, asosan, jonlantirish bo‘limida ulanadi va har bir bemorga ikki nafardan hamshira biriktiriladi. Ular har soatda uskunalardagi ko‘rsatkichlarni kuzatib, natijalarni jadvalga kiritib boradi, tahlillar oladi va bemor karavoti orqasidagi qog‘ozga barcha ma’lumotlarni yozadi. Mark jonlantirish bo‘limi palatasidagi jarayon 24 soat davomida umuman to‘xtamasligini aytgan.

    “Hamma doimiy harakatda. Hamshiralar muntazam ravishda kimningdir karavoti tepasida uni kuzatadi. Shifokorlar kamroq keladi va zarurat bo‘lganida bemorlarni jonlantirish bo‘limiga qabul qiladi yoki ularning ahvoli o‘zgarganida, holati yaxshilanganida keladi. Biroq ularning shu yaqin atrofda ekanini doim his qilib yotasan. Palata markazidagi joyda navbatchi hamshiralar o‘tiradi ular vizual ravishda bemorlarni kuzatadi va hech kimni savol-javob qilmaydi. Shaxsan menda qo‘lni ko‘tarib (apparatga ulangan bemor faqat shu usulda odamlar e’tiborini tortishi mumkin) hamshirani uzoq kutgan vaqtlar kuzatilmagan”,– dedi sobiq bemor.

    Uning aytishicha, tunda bo‘limda navbatchi shifokorlar guruhi qoladi va hamshiralar tarkibi ham o‘zgaradi. Shunga qaramay bemorlar kuzatuvi to‘xtab qolmaydi: kerakli dorilar beriladi, tahlillar olinadi, o‘zgarishlar har soatda yozib turiladi.

    Mark bilan bog‘liq vaziyatda shifokorlar uning nima sababdan nafas ololmayotganini aniqlashda qiynalgan. To‘rtinchi kuni bemor qonida kislorod miqdori barqarorlashganida uni mustaqil nafas olishga o‘tkazmoqchi bo‘lishgan, ammo ushbu harakat besamar ketgan.

    “Menga qonda kislorod miqdori me’yorga keldi va endi mustaqil nafas olishni uddalaysan, deyishdi. Lekin trubkani olishganida yana bo‘g‘ila boshladim. Darhol narkoz berib medikamentoz komaga tushirishdi va yana apparatga ulashdi”, – deya eslaydi Mark.

    Ikkinchi marta apparatga ulanish bemorda aks ta’sirlarni qo‘zg‘atgan, uning tomog‘i og‘rigan va burniga ulangan oziqlantirish naychasi ham burun bo‘shlig‘ini yallig‘lantirgan. Shifokorlar bemorning nima sababdan nafas ololmayotganini aniqlashda davom etgan.

    “Mutaxassislar oldimga kelishar, tahlillar olishar, test qilishar, bir necha marta ko‘krak qafasimni rentgen qilishardi. Bunda apparatni karavotim yoniga olib kelib “X-ray!” deya baqirishar, shifokor va hamshiralar suratga tushirish vaqtida xonadan qochib chiqishardi. Aytishlaricha, bu xodimlar nurlanishining oldini olish uchun qilingan, sababi jonlantirish bo‘limiga tez-tez rentgen apparatini olib kelib suratga olishardi”, – deya yodga olgan londonlik bemor.

    Mark 13 kun davomida jonlantirish bo‘limida davolanganidan keyin oddiy palataga olishgan.

    “Tonggi oltilarda, tekshiruv vaqtida, qandaydir yoshi katta vrach keldi, aytishlaricha, professor ekan. U kasallik tarixim bilan tanishib, navbatchi shifokor bilan gaplashdi va “apparatdan uzinglar” deya buyruq berdi. Soat 9 da men yotgan apparatni o‘chirishdi va yana o‘zim nafas ola boshladim. Ertasiga yonimga ikki nafar hamshira kelib, yurish mashqlarini o‘tkazishdi. Bir necha kun davomida karavotda yotganimdan keyin bosqichma-bosqich yurish mashqlarini bajardim”, – degan u “RIA Novosti” vakili bilan suhbatda.

    Xizmat ko‘rsatish a’lo darajadaGarchi Markning sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar operatsiyadan keyin ham kuzatilgan bo‘lsa-da, jonlantirish bo‘limidagi xizmat ko‘rsatish sifatiga e’tirozi yo‘qligini bildirgan.

    “Hech qayerda o‘zimni bu qadar xotirjam sezmaganman. Ha, hayajonlandim, nafas ololmasam nima bo‘lishi haqida o‘yladim, lekin shifokorlarning menga munosabati va meni hayotga qaytarishganidan hayratga tushdim. Atrofimda o‘nlab odamlar men haqimda qayg‘urib yurganini his etdim, ular shunchaki gaplashib o‘tirmay, mendagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatishardi. Bu butun umr yodda qoladigan taassurot… Ulardan minnatdorman”, – deydi Mark.

    U, shuningdek, shifokorlar va hamshiralarning o‘zgacha uslubda ishga yondashgani va tekshirishlar vaqtida bemorlar bilan hazillashib, ularning kayfiyatini ko‘tarishga harakat qilganini ham alohida qayd etdi.

    “Bir dunyo naychalar ulangan holda yotgan vaqtingiz gapirish, harakat qilish imkoni yo‘q paytda shifokorlarning aniq tashxis qo‘ya olmasligi sizni quvontirmaydi, albatta. Ularning o‘z ishini shunchaki mexanik tarzda bajarmagani tahsinga loyiq. Ular menga oila a’zolaridek munosabatda bo‘ldi va davlat kasalxonasi berishi mumkin bo‘lgan barcha sharoitlarni muhayyo qildi”, – deya shifokorlarni maqtagan bemor. U o‘zining oilasi ham kasallikni yengib o‘tishda ko‘mak berganini ta’kidladi.

    Londonlik ushbu bemorning so‘zlari rostligini tasdiqlash maqsadida “RIA Novosti” Buyuk Britaniya poytaxti shimolida ishlovchi umumiy amaliyot shifokori bilan mazkur mavzu yuzasidan qisqa suhbat uyushtirgan.

    “Ha, shifokorlar bemorni apparatdan uzishga bir necha marta uringani bo‘lishi mumkin, sababi unda ko‘p ushlab turishning ham salbiy oqibatlari mavjud. Bemor jonlantirish bo‘limida qondagi kislorod miqdorini o‘lchab turishgani haqida gapirgan. Shifokorlar bu orqali uning mustaqil nafas olishga tayyorligini tekshirgan bo‘lishi mumkin”, – deya voqea haqida munosabat bildirgan ismini oshkor etgan shifokor.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatidan darhol foydalanilmaganining o‘ziga yarasha sabablari bor.

    “Sun’iy nafas oldirish qurilmasi zarar keltirishi mumkin va shu sababli o‘ta zarur holatlarda ishlatiladi. Tartib-qoidalar bo‘yicha avvaliga nafas olishni ta’minlash uchun yengilroq muolajalar qo‘llaniladi. Bu kislorod terapiyasi yoki niqob, trubka va bir oz og‘ir vaziyatlarda CPAP apparati bo‘lishi mumkin. O‘ylashimcha tezkor davolash bo‘limidagi shifokorlar professional jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutgan. Ular bemorning hayotini saqlab qolgan”, – deya kasbdoshlarini maqtagan u.

    24.04.2020, 09:17   Izoh (0)   76361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa iqtisodiyoti eng yomon oyni boshdan kechirdi

    24.04.2020, 08:37

    JSST missiyasi COVID-19 rasman tarqalmagan Tojikiston va Turkmanistonda bo‘ladi

    24.04.2020, 07:14

    Xitoy JSSTga qo‘shimcha 30 mln dollar ajratadi

    24.04.2020, 06:24

    Qozog‘iston prezidenti mamlakatda karantin qachon tugashi bo‘yicha o‘z fikrini aytdi

    24.04.2020, 05:36

    Moskva meri koronavirusga qarshi kurash uchun shaharga harbiylarni kiritishni istamasligini aytdi

    24.04.2020, 04:35

    JSST vakili COVID-19 bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi o‘tganligi qanday belgilarda namoyon bo‘lishini aytdi

    24.04.2020, 01:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekistonda suyak bo‘g‘im kasalliklarining yechimi topildimi?


    TBC Bank O‘zbekistondagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda: viloyatlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    AKFA Group “INNOPROM 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Korzinka’da – iyul oyi oxirigacha barra mol go‘shtiga 12% gacha chegirmalar va unumli narxlar!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30

    Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 21:15

    Tramp Xitoy bilan muzokarada katta yutuqlarga erishilgani haqida bayonot berdi

    Dunyo | 11 may, 20:56

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.