Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga koronavirusga qarshi kurash yo‘lida Amerikadan yordam so‘rashni maslahat berib, sun’iy nafas oldirish apparatlarini yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirdi. Eron Tashqi ishlar vazirligi shu ondayoq javob qaytarib, Amerikaning maslahatlariga muhtoj emasliklarini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida Donald Tramp o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlarini yetkazib berish bo‘yicha yettita davlat yetakchilari, xususan, Meksika bilan muhokama qilgani haqida so‘zladi. Tramp Eron agarda yordam so‘rasa, yordam berishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

“Agarda bu borada Eronga yordam kerak bo‘lsa, men biror nima qilishga tayyorman, ular buni xohlasa, so‘rasa, albatta”, — deydi Tramp.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Eron koronavirusdan jiddiy jabr ko‘rgan va qurbonlar borasida rasman e’lon qilingan raqamlar “tabiiyki… to‘g‘ri bo‘lmagan”.

Trampning ushbu so‘zlariga Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Twitter orqali javob qaytardi: “Bir necha oydan keyin Eron o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlarini eksport qila boshlaydi”. “Sizdan talab qilinadigan yagona narsa, boshqa xalqlarning ishlariga aralashmaslik, ayniqsa, mening. Va menga ishonishingiz mumkin, bizga birorta amerikalik siyosatchining maslahati kerak emas”, — deb yozadi Zarif.

Avvalroq AQSh Janubiy Koreyaning Eronga gumanitar yordam jo‘natishiga ruxsat bergani ma’lum qilingandi. Eron esa o‘z navbatida koronavirusga qarshi kurashda AQShga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi