NASA sirli tizmalar aniqlangan Quyoshning eng tiniq suratini namoyish etdi. Bu haqda Lankashir markaziy universiteti rasmiy saytida xabar berilgan.
Universitet xodimlari NASA bilan hamkorlikda quyoshning tarixdagi eng yuqori piksellar suratini yaratdi. Buning uchun Hi-C suborbital teleskopidan foydalanilgan. U Quyosh yuzasidagi maydonni 70 kilometr kvadratgacha ajratib ko‘rsata oladi, bu esa yulduz o‘lchamining 0,01 foizini tashkil etadi.
Astronomlar olingan suratlarda magnit tizmalarni aniqlagan. Ular bir necha million darajaga qadar qizigan plazma va elektrlashtirilgan gaz bilan to‘la. Bu turdagi tizmalar eni 500 kilometrga yaqinlashadi.
Mutaxassislar hozicha ushbu magnit tizmalar qanday paydo bo‘lgani, ular yulduz tebranishlariga yoki nur sochishiga ta’sir ko‘rsatish-ko‘rsatmasligi borasida aniq javobga ega emas.
Izoh (0)