Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 336 kishiga ko‘payib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 8739 kishiga yetdi. Tokioda bir sutkada 161 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shulardan 712 nafarini Diamond Princess kemasining sobiq yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari tashkil qiladi. Ular karantin sababli bir yarim oydan ko‘proq vaqt davomida Yokogama shahri portida qolib ketgan edi.
Yaponiyada kasallikdan 169 kishi vafot etgan, 158 nafar bemorning ahvoli og‘ir. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar soni 1497 kishiga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning ba’zi hududlarida 7-apreldan boshlab favqulodda holat e’lon qilingan.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1,95 million kishiga yetdi, 119,8 ming kishi kasallik qurboniga aylangan, 458,5 ming kishi tuzalgan.
Izoh (0)