UFC promousheni 18-aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan musobaqasini bekor qildi. Bu haqida tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: UFC

UFC 249 musobaqasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus pandemiyasiga qaramay promoushen prezidenti musobaqa uchun joy topganini e’lon qilgandi. Biroq oxir-oqibat musobaqa o‘tkazilmasligi aytildi.

“Musobaqani o‘tkazishga tayyor edik, ammo eng yuqori darajadagi shaxslardan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bizga to‘xtash kerakligi aytildi”, — deydi UFC rahbari Deyna Uayt.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasining asosiy jangi Habib Nurmagomedov hamda Toni Fergyuson o‘rtasida kechishi kutilgandi. Biroq Habib koronavirus sabab Rossiyadan chiqib keta olmasligi ma’lum bo‘lgach, uning o‘rniga Fergyuson bilan Jastin Getji jang qilishi belgilangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!