Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliya hukumati koronavirusga qarshi kurash yo‘lida Xitoydan 40 ta reys yordamida 240 million dona himoya niqoblarini olib kelish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyaga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat Infratuzilma vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Bayonotga ko‘ra, bundan maqsad “Xitoydan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilingan 240 million dona himoya niqobini Braziliyaga olib kelish”. Og‘irligi 960 tonna bo‘lgan yuk Guanchjou shahridan yuborilishi kerak.

Taxminlarga ko‘ra, yuk Braziliyaga 15 kundan so‘ng yetib boradi va buning uchun 40 ta reys kerak bo‘ladi. Ularga uchish-qo‘nish vaqtida davlat ahamiyatiga molik vazifani bajaruvchi maqomi beriladi.

Braziliya hukumati kerak bo‘ladigan havo tarmog‘i ustida bosh qotirmoqda, shuningdek, tijoriy yuk tashuvchi kemalardan, harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyotlardan, rasmiy davlat transport vositalari va hukumatga logistika taklif qiladigan yirik import qiluvchi kompaniyalardan foydalanishni ham ko‘rib chiqyapti.

Bundan tashqari, Infratuzilma vazirligi 540 tonna ekspress-testlar, qo‘lqoplar, fartuklar, ko‘zoynak va niqoblarni yetkazib berish uchun Xitoydagi Vale tog‘-kon kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha 11 yuk reysini amalga oshirishda yordam bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 15 927 kishiga yetgan, 800 kishi vafot etgan.

Avvalroq Braziliya senati raisida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi. Braziliya prezidenti esa ikki marotaba koronavirusga test topshirgan va unda kasallik aniqlanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?