Daryo

Braziliya prezidenti ikkinchi marta koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi

Braziliya prezidenti ilk marta yordamchisi Fabio Vayngarternda koronavirus qayd etilganidan so‘ng test topshirgan edi

1 daqiqa o‘qish93 462 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga topshirgan ikkinchi testi ham salbiy natijani ko‘rsatdi. Bu haqda prezident Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi, deb xabar berdi “RBK”.

Foto: “TASS”

“COVID-19 ga topshirgan ikkinchi testim ham salbiy chiqqanini ma’lum qilaman”, — deb yozadi Bolsonaru.

Braziliya prezidenti ilk marta yordamchisi Fabio Vayngarternda koronavirus qayd etilganidan so‘ng test topshirgan edi.

Avval bir nechta OAV tomonidan Bolsanaruning tahlil natijalari ijobiy chiqqani va uning COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng Jair Bolsonaru Facebook’dagi sahifasi orqali o‘zining koronavirusga topshirgan namunalari ijobiy emas, balki salbiy chiqqani va kasallikni yuqtirib olmaganini e’lon qilgan edi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham koronavirusga test topshirdi. Unda kasallik aniqlanmadi.

Koronavirus jahon siyosatchilari oilasini ham chetlab o‘tmayapti. Xususan, Ispaniya va Kanada bosh vazirlarining rafiqalarida koronavirus aniqlangan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar