Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida fohishaxona saqlagan ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4-aprel, shanba kuni, Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida T.Sh. ismli ayol o‘z xonadonida K.A. va M.D.ga jinsiy aloqa qilish uchun 70 000 so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olingani, Toshkentda IIB xodimlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish vaqtida 13 nafar fohishani ushlagani haqida xabarlar berilgan edi. Shuningdek, mart oyida Toshkentda massajchilik niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar qo‘lga olingan edi. Buxoro tungi klublarida 3 kun davomida o‘tkazilgan reydlarda fohishalik bilan shug‘ullanish bo‘yicha 5 ta holat aniqlangan.