Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekistonga gumanitar yordam yubordi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Xitoydan koronavirusga qarshi kurashga yordam beradigan tibbiyot buyumlari (kombinezon, himoya ko‘zoynaklari va tibbiy niqob) jo‘natdi. Mazkur vositalar O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsulxonasi orqali mamlakatga olib kelinadi.
“Xalqqa kelgan dard. Davlatni yolg‘iz tashlab qo‘yish bunday payt to‘g‘ri bo‘lmaydi. Buni ko‘z-ko‘z qilish uchun qilmayapmiz. Insonlarga yordamimiz tegsa bo‘ldi. Bunday vaziyatda boy va kambag‘al — bir.
Xitoy bu borada ancha tajribaga ega bo‘ldi. Biz yuborayotgan mahsulotlar shifokorlarimizning ishida yordam bersa bo‘ldi”, — deya Ahmedov so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.
Avvalroq Ahmedovlar oilasi Namangan shahridagi ellikdan ortiq xonadonga oziq ovqat maxsulotlarini xayriya qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)