Aka-uka Ahmedovlar Namangan shahridagi bir nechta muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

“Daryo”

Aktyor Yoqub Ahmedov va “Navbahor” klubi futbolchisi Azim Ahmedov boshchiligida kam ta’minlangan, nogironlari bor xonadonlarga un, go‘sht, yog‘, makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Aka-ukalar Namangan shahridagi yetti mahallada bo‘lib, nogironlari bor 50 ta xonadonni yo‘qladi.

Ahmedovlar oilasining yana bir vakili Odil Ahmedov avvalroq Xitoyga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

“Daryo”

“Daryo”

“Daryo”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!