Bahor faslida Dehqonobodda qor yog‘di. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 1-aprel kuni Dehqonobodda to‘rt fasl havosi kuzatilgan.
“1-aprel kuni tumanimizning bir tomonida qor yog‘gan bo‘lsa, yana bir tomonida yomg‘ir, bir tomonida esa bulutli havo, yana bir chekkasida bahordan darak bo‘lgan tog‘ lolasini ko‘rdim. Dehqonobodda bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni kuzatish mumkin”, — deydi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘ktam Toshboyev.
Ma’lum qilinishicha, qor tumanning Oybek va Duob qishloqlarida yoqqan.
Izoh (0)