O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 4-aprel soat Toshkent vaqti bilan 10:00 holatiga 241 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 14 nafarga oshgan.
Avvalroq, 3-aprel soat Toshkent vaqti bilan 23:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 227 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.
3-aprel soat 9:00 holatiga Toshkentda davolanayotgan bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgani, to‘rt bemorning ahvoli og‘ir, ikki nafarining ahvoli esa nisbatan og‘irligi aytilgan edi.
Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindoshi qatnashmagani haqida xabar berilgan edi.
Koronavirusning O‘zbekistondagi ikkinchi qurboni esa Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor ekani aytilgan edi — u kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan. Undan 14 yoshli qashqadaryolik jiyaniga va asli navoiylik ona-bolaga koronavirus yuqqan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot berildi (infografika)
- O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoniyati yaratildi
- O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni karantinga olinganlar hisobiga ortayotgani ma’lum qilindi
- Oksford universiteti tadqiqotchilari O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining keyingi taqdirini prognoz qildi
- O‘zbekistonda karantinning qachon tugashi noma’lum ekanligi aytildi
Izoh (0)