Ijtimoiy tarmoqlarda 5-apreldan boshlab velosiped, moped, mototsikl, skuterlarda harakatlanish man qilinishi haqida xabarlar tarqaldi.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 22-martdan Toshkentda jamoat transporti harakati to‘xtatilgan. 30-martdan esa shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)