Moliya vazirligining alkogol va tamaki tartibga solish inspeksiyasi fuqarolarning antiseptik vositalarga bo‘lgan talabining oshishi hamda ushbu vositalar taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida etil spirti sotuvi ustidan bilvosita nazorat o‘rnatilishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarish jarayonlaridan foydalanish uchun etil spirti xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelganda Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki tartibga solish inspeksiyasining ishonch telefon raqamlariga (tel: (+998 71) 244-19-95, 244-07-07) murojaat qilish so‘ralgan.

O‘zbekistonda etil spirti ishlab chiqarish hajmining barqarorligi hamda ularning narxlari davlat tomonidan, shuningdek, iste’mol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyundagi 474-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Ayni paytda to‘rtta korxona Iste’mol va texnik etil spirti ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega.

Foto: Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki tartibga solish inspeksiyasi

Toshkent shahar hokimligi bozorlardagi navbatlarga munosabat bildirib, oziq-ovqat tanqisligi bo‘lmasligini ma’lum qilgani, Zafar Hoshimov “Korzinka.uz” supermarketlariga navbat bilan kirilishi, xaridorlar masofa saqlab mahsulot olishini bildirgani, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining musodara qilingan tibbiy niqoblarni Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirgani xususida xabarlar berilgan.