Ispaniyaning taniqli AS nashri La Liga klublari tomonidan amalga oshirilgan eng omadsiz transferlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatdan mavsum boshida katta umid qilib sotib olingan, ammo jamoasi yetakchisi tugul o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilar o‘rin olgan.
Ro‘yxatdan 120 million yevroga xarid qilingan “Atletiko” futbolchisi Joau Feliks o‘rin olgan. Bundan tashqari ishonchi oqlay olmagan futbolchilar orasida Luka Yovich (“Real”), Roni Lopesh (“Sevilya”), Frenki De Yong (“Barselona”), Fernando Kalyero (“Espanyol”), Pedro Porro (“Valyadolid”), Borxa Iglesias (“Betis”) hamda Mario Ermoso (“Atletiko”) bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)