“Chelsi” klubi hozirgi sharoitdan kelib chiqib yangi uy stadioni qurishdan voz kechdi. Bu haqda londonliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Chelsi”ning yangi uy stadionini qurish uchun berilgan ruxsatnoma 31-mart kuni o‘z kuchini yo‘qotadi. Klub hali 1 milliard funtlik qurilish loyihasini boshlagani yo‘q. Shuningdek, klub bayonotida arenani qayta qurish ishlari keyinchalik qoniqarli moliyaviy sharoitda amalga oshishini ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 2017-yilda “Stemford Brij” o‘rnida yangi o‘yingoh qurishga ruxsat olgan, biroq 2018-yilning may oyida moliyaviy muammolar sabab loyiha to‘xtab qolgandi.
“Stemford Brij” ayni damda 41 837 nafar tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)