Grechka oqsil va vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi. Biroq grechkadan tayyorlangan taomlar har doim ham bolalarga yoqavermaydi. Quyida bolajonlar sevib tanovvul qilishi uchun grechkadan tayyorlanadigan uchta mazali yegulik retseptini keltiramiz.

Grechkali shirin keks

Foto: Pixabay

Kerakli masalliqlar:

Shakar — 100 gramm

O‘simlik yog‘i— 100 ml

Kakao — 1 osh qoshiq

Grechka uni — 100 gramm

Suv — 6—8 osh qoshiq

Soda — yarim choy qoshiq

Tayyorlanish jarayoni: Tuxum oqi sarig‘idan ajratib olinadi. Tuxum oqi qattiq ko‘pik hosil bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. Tuxum sarig‘iga shakar, kakao, yog‘ solinib, bir xil massa hosil bo‘lguniga qadar aralashtiriladi. Massaga un va suv solinadi. So‘ng soda qo‘shamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Keyin xamirga ko‘pirtirilgan tuxum oqini solib aralashtiramiz.

Xamirni qolipchalarga solib, duxovkada 180 darajada pishirib olamiz.

Grechkali va qo‘ziqorinli sho‘rva

Foto: Pixabay

Kerakli masalliqlar:

Kartoshka —4 dona

Shampinon qo‘ziqorinlari —150 gramm

Sabzi — yarimta

Grechka — 3 osh qoshiq

O‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq

Suv — 2,5 litr

Tuz ta’bga ko‘ra.

Tayyorlanish jarayoni: Kartoshkani tozalaymiz va bo‘laklarga bo‘lamiz. Suvni qaynatamiz. Grechka, kartoshkani qaynayotgan suvga solib, past olovda 20—25 daqiqa qaynatamiz.

Qolgan mahsulotlarni yog‘da qovurib olib, sho‘rvaga qo‘shamiz.

Grechkali va pishloqli kotletlar

Foto: Pixabay

Kerakli masalliqlar:

Qaynatilgan grechka — 200 gramm

Qattiq pishloq: 100 gramm

Un — 2 osh qoshiq

Sariyog‘ — 50 gramm

Tuxum — 2 ta

Qiyma — 100 gramm

Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: Tuxumni ko‘pirtirib, grechka, qiyma, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, un va ziravorlarni qo‘shamiz. Tayyor massadan shakllar yasab, tovaga sariyog‘ni solib, kotletlarni qovurib olamiz.