Kunlar isigan sari salqin ichimliklar va muzqaymoqqa bo‘lgan talab ortadi. Quyida sizlarga uy sharoitida muzqaymoq tayyorlashni o‘rgatamiz. Buning uchun bizga uchta mahsulot kerak.
Kerakli mahsulotlar:
- Yog‘lilik darajasi 33 foizdan yuqori bo‘lgan qaymoq — 200 millilitr
- Quyultirilgan sut — 116 gramm
- Eruvchan qahva — yarim osh qoshiq
1․ Muzqaymoq tayyorlashga kirishishdan avval qaymoqni, mikserni va aralashtirish uchun ishlatiladigan idishni yaxshilatib muzlatish kerak.
2․ Avval quyultirilgan sut va qaymoqni aralashtiring, so‘ng qahvani qo‘shing.
3․ Mahsulotlarni mikserda o‘rta tezlikda aralashtiring. Massa quyuqlasha boshlagach, tezlashing. Kremga o‘xshash mayin massa hosil bo‘lsin.
4․ Muzqaymoqni idishga quying, ustini yoping va 6—12 soatga muzlatgichga solib qo‘ying.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)