Grechka oqsil va vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi. Biroq grechkadan tayyorlangan taomlar har doim ham bolalarga yoqavermaydi. Quyida bolajonlar sevib tanovvul qilishi uchun grechkadan tayyorlanadigan uchta mazali yegulik retseptini keltiramiz.
Grechkali shirin keks
Kerakli masalliqlar:
Shakar — 100 gramm
O‘simlik yog‘i— 100 ml
Kakao — 1 osh qoshiq
Grechka uni — 100 gramm
Suv — 6—8 osh qoshiq
Soda — yarim choy qoshiq
Tayyorlanish jarayoni: Tuxum oqi sarig‘idan ajratib olinadi. Tuxum oqi qattiq ko‘pik hosil bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. Tuxum sarig‘iga shakar, kakao, yog‘ solinib, bir xil massa hosil bo‘lguniga qadar aralashtiriladi. Massaga un va suv solinadi. So‘ng soda qo‘shamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Keyin xamirga ko‘pirtirilgan tuxum oqini solib aralashtiramiz.
Xamirni qolipchalarga solib, duxovkada 180 darajada pishirib olamiz.
Grechkali va qo‘ziqorinli sho‘rva
Kerakli masalliqlar:
Kartoshka —4 dona
Shampinon qo‘ziqorinlari —150 gramm
Sabzi — yarimta
Grechka — 3 osh qoshiq
O‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq
Suv — 2,5 litr
Tuz ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanish jarayoni: Kartoshkani tozalaymiz va bo‘laklarga bo‘lamiz. Suvni qaynatamiz. Grechka, kartoshkani qaynayotgan suvga solib, past olovda 20—25 daqiqa qaynatamiz.
Qolgan mahsulotlarni yog‘da qovurib olib, sho‘rvaga qo‘shamiz.
Grechkali va pishloqli kotletlar
Kerakli masalliqlar:
Qaynatilgan grechka — 200 gramm
Qattiq pishloq: 100 gramm
Un — 2 osh qoshiq
Sariyog‘ — 50 gramm
Tuxum — 2 ta
Qiyma — 100 gramm
Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar.
Tayyorlanishi: Tuxumni ko‘pirtirib, grechka, qiyma, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, un va ziravorlarni qo‘shamiz. Tayyor massadan shakllar yasab, tovaga sariyog‘ni solib, kotletlarni qovurib olamiz.
Mavzuga doir:
- Desert o‘rnini bosuvchi va oson tayyorlanuvchi mevali salat
- 5 daqiqada tayyorlanadigan foydali nonushta
- Tuxum pishirishdagi uning mazasini buzadigan 8 ta xato
- Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlaymiz. Buning uchun atigi uchta mahsulot kerak bo‘ladi
- Professional oshpazlar tovuq pishirishda ko‘pchilik ayollar yo‘l qo‘yadigan xatolarni sanab o‘tdi
Izoh (0)