Bugun, 28-mart kuni, erta tongdan Qurolli Kuchlar bosh shtabi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Taktik mashg‘ulotdan maqsad respublikadagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolar xavfsizligi, salomatligini ta’minlashdir.

Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quv mashg‘ulotida maxsus mutaxassislar 10 dan ortiq texnika, kerakli uskunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida yurt himoyachilari “Yunusobod”, “Eski Jo‘va”, “Oloy” dehqon bozorlaridagi serqatnov ko‘chalar, yerosti o‘tish joylari hamda chiqindixonalarda to‘liq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik o‘quv mashg‘ulotlari butun respublika bo‘ylab davom etmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Avvalroq Toshkent shahrini Milliy gvardiyaning maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya qilish boshlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 104 nafarga yetdi. Oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etilgan. Avvalroq Namangan viloyatida koronavirus aniqlangan 72 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edi.