Mart oyining to‘rtinchi haftasidagi eng qiziqarli suratlar jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz.

Falastinlik kelin-kuyov nikoh marosimi oldidan uyushtirilgan fotosessiyada. Koronavirus xavfi tufayli ular niqob taqib olgan.

Foto: AFP

Manchester shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari odamlarni uyda qolishga chaqirmoqda.

Foto: Reuters

23-martdan e’tiboran Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi postlar yopilgan. Erkin yo‘l-patrul xizmati maskanida xizmat vazifasini o‘tayotgan niqob va qo‘lqopli ichki ishlar xodimi.

Foto: “Daryo”

Serbiyalik harbiylar koronavirusning yengil alomatlari kuzatilgan bemorlarni joylashtirish uchun Belgraddagi ko‘rgazmalar zaliga krovatlar joylashtirmoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Dortmund shahridagi qandolat do‘koni hojatxona qog‘ozi ko‘rinishidagi pirog tayyorlamoqda.

Foto: AFP

Britaniyaning Chester shahridagi hayvonot bog‘ida o‘ynayotgan lemurlar.

Foto: “TASS”

Associated Press agentligi Italiyaning turli shaharlarida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning ish vaqtidagi tanaffuslaridan foydalanib, ularni suratga tushirmoqda.

Foto: AP Photo

Joker kabi yuzini grim qilib, kino qahramonidek kiyinib olgan Mexikodagi ko‘cha artisti.

Foto: AP Photo

O‘zbekiston bo‘yicha dehqon bozorlaridan tashqari barcha turdagi bozorlar yopilgan. “Toshkent” savdo majmuasidan “Bek Baraka”ga olib o‘tadigan, ayni paytda huvullab qolgan yerosti yo‘lida ketayotgan juftlik.

Foto: “Daryo”

Bangkokda kafe mijozi kofeni arqon yordamida boshqariladigan aravachadan qabul qilib olmoqda.

Foto: Reuters

Pekinda tashrifchilar uchun yana ochilgan hayvonot bog‘idagi panda.

Foto: EPA

Sidneyda trubkali niqob taqib olgan erkak. Avstraliyada ishga, oziq-ovqat sotib olishga va doktorga borish uchungina tashqariga chiqishga ruxsat etilgan. To‘ylarda kelin-kuyov bilan birga 5 kishi, dafn marosimlarida 10 kishigacha ishtirok etishi mumkin.

Foto: Getty Images

Singapurning Jevel Changi aeroportidagi odatda turistlar bilan to‘lib toshadigan, hozir esa deyarli huvullab qolgan bog‘.

Foto: Getty Images

Atrofi bo‘shab qolgan Giza piramidasi yonidan o‘tayotgan ishchi.

Foto: AP Photo

Sankt-Peterburg yaqinidagi qishloqda Andrey Vaxrushev o‘z uyida Xeops piramidasining kichik nusxasini yaratdi. Piramidaning balandligi 9 metrga teng.

Foto: AP Photo

JARning Yoxannesburg shahrida komendantlik soati talablarini buzib, ko‘chaga chiqqan yigit politsiya tomonidan to‘xtatildi.

Foto: AFP

Mudofaa vazirligi harbiylari Toshkent ko‘chalarini dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi

Shtutgartdagi xalqaro aeroportda reyslarning jo‘nash vaqtini ko‘rsatadigan tablo.

Foto: EPA

Senegal poytaxti Dakar shahrida odamlar bozorning buldozer bilan tekislab tashlanishini kuzatmoqda. Hududni dezinfeksiya qilish maqsadida bozor buzib tashlandi.

Foto: AFP

Xitoyning Sichuan provinsiyasida artistlarning chiqishi.

Foto: “TASS”

Ispaniyaning Santander shahrida o‘z uyi derazasidan portda to‘xtagan kemani tomosha qilayotgan bolalar.

Foto: EPA

Shveysariyaning Matterxorn tog‘i cho‘qqisiga “Uyda qoling” yozuvi tushirildi.

Foto: EPA