Daryo

Ispaniyaning 86 yoshli malikasi Parijda koronavirusdan vafot etdi

Malika yakka o‘zi yashagan bo‘lsa ham kasallik yuqtirib olgan

1 daqiqa o‘qish195 338 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Livejournal

Ispaniya qiroli Filipp VI ning qarindoshi Mariya Tereza Burbon-Parma Parijda 86 yoshida koronavirusdan vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: Livejournal

Uning o‘limi haqida marhumaning akasi Sikst-Genrix Burbon-Parma o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, malika yakka o‘zi yashagan bo‘lsa ham kasallik yuqtirib olgan. Uning dafn marosimi 27-mart kuni o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, Mariya Tereza Burbon-Parma turmushga chiqmagan, farzandlari ham yo‘q.

Ayni paytda Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Yevropada Italiyadan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lib turibdi. Mamlakatda kasallanganlar soni 64 ming kishidan oshib ketgan, 4 900 kishi vafot etgan. Ispaniya hukumati 14-martdan boshlab odamlar harakatlanishini cheklagan holda 15 kunlik kuchaytirilgan tartib joriy etgandi. 26-mart kuni parlament bu muddatni 11-aprelgacha uzaytirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 597,3 ming kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 27,3 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Italiyada koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 969 bemor vafot etdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar