Daryo

“Marakana” shifoxona, “Santyago Bernabeu” esa dori-darmon omboriga aylantiriladi

Stadion maydonida bir nechta o‘ringa ega vaqtinchalik shifoxona qad rostlaydi

1 daqiqa o‘qish64 992 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Braziliyaning afsonaviy “Markana” stadioni ochiq osmon ostidagi shifoxonaga aylantiriladi. Bu haqda “Flamengo” klubi prezidenti Rodolfo Landim ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Stadion maydonida bir nechta o‘ringa ega vaqtinchalik shifoxona qad rostlaydi.

Avvalroq Braziliyadagi San-Pauludagi “Pakaembu” o‘yingohida mana shunday kasalxona qurilayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, futbol bo‘yicha 2014-yilgi Jahon Chempionatini qabul qilgan deyarli barcha stadion maydonlari vaqtinchalik kasalxonaga aylantirilishi aytilgandi.

Mavzuga doir: Braziliyadagi futbol stadionlari shifoxonaga aylantirilmoqda (foto)

Madridning “Real” klubi stadioni “Santyago Bernabeu” esa koronavirusga qarshi kurashda kerak bo‘ladigan dori-darmon va boshqa kerakli buyumlar omboriga aylanadi. Turli sport kompaniyalari va tashkilotlari tomonidan jalb qilingan xayriya mablag‘lari hisobiga sotib olingan vositalarning barchasi “Bernabeu”da saqlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar