• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kannabis yetishtirishga nima uchun ruxsat berilganiga aniqlik kiritildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda kannabis o‘simligi yetishtirishga ruxsat berilganiga oid xabarlar turli talqinlar va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli Adliya vazirligi matbuot kotibi mazkur xabarlar yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.

    Foto: Shutterstock

    Foto: Shutterstock

    Kannabis o‘zi nima, ushbu o‘simlikni yetishtirishga nega ruxsat etildi, endi giyohvand moddasi bemalol ekiladimi kabi savollarga javob berish orqali masalaga biroz oydinlik kiritishni lozim deb topdik.

    Birinchidan, kuni kecha Prezident tomonidan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun imzolandi. Unga ko‘ra, endilikda kannabis o‘simligi yuridik shaxslar tomonidan sanoat maqsadlari uchun yetishtirilishi mumkin.

    Kannabis – tarkibida 0,2 foizgacha miqdorda tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan o‘simlik.

    Albatta bunda mazkur faoliyatni amalga oshirishga tegishli litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.

    Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada bo‘lishiga ruxsat etilgan kannabis o‘simligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada bo‘lish shartlari Hukumat tomonidan belgilab beriladi.

    Demak, istalgan odam istalgan joyda ushbu o‘simlikni yetishtiravermaydi.

    Ikkinchidan, giyohvandlik vositalari to‘g‘risida Yagona konvensiyasida (1961-yil 30-mart, Nyu-York) kannabisni sanoat va bog‘dorchilik maqsadlarida yetishtirishga ruxsat etilgan.

    O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga 1995-yil 24-fevralda qo‘shilgan bo‘lib, demak hozirga qadar ham mazkur o‘simlikni sanoat va bog‘dorchilik maqsadlarida yetishtirishi mumkin edi.

    Ta’kidlash joizki, texnik kannabisdan 30 dan ortiq turli nomlanishdagi sanoat mahsulotlari, jumladan, tibbiyot (kannabidiol), yoqilg‘i, to‘qimachilik, yengil sanoat, qog‘oz, qurilish va boshqa tarmoqlar uchun xomashyo mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, uni yetishtirish nisbatan kam xarajat talab qiladi.

    O‘zbekistonda yetishtirish uchun ruxsat etilayotgan kannabis turi (tarkibida 0,2 % tetragidrokannabinol bo‘lgan) yuqoridagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqishga mo‘ljallangan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqda ta’kidlanayotgani singari giyohvand vosita sifati mastlik keltirib chiqarmaydi (buning uchun o‘simlik tarkibidagi tetragidrokannabinol miqdori 20 % dan ortiq bo‘lishi kerak).

    Qonunchilikka kiritilgan ushbu o‘zgarish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lib, asosan, raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan.

    Uchinchidan, bu borada xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda jahonda 40 dan ortiq davlatlarda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda. Shundan Xitoy, Fransiya, Kanada, Avstraliya va Chili texnik kannabisni katta miqdorda yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi davlatlar hisoblanadi.

    Jumladan, tarkibida tetragidrokannabinol miqdori Xitoy va Chexiyada 0,3 foizgacha, Italiya, Vengriya, Shvetsiya, Belgiyada 0,2 foizgacha, Rossiyada 0,1 foizgacha bo‘lgan texnik kannabisni sanoat maqsadlarida yetishtirish va ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat etilgan.

    To‘rtinchidan, texnik kannabis bir qator noyob afzalliklarga ega. Masalan, mato ishlab chiqarishda paxta va zig‘ir xomashyosining, plastmassa ishlab chiqarishda neft xomashyosining, qurilish materiallari va sellyuloza ishlab chiqarishda yog‘och va chiqindi qog‘ozning o‘rnini bosishi mumkin va hokazo.

    Bu orqali qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, sohada klaster ishlab chiqarishini rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh, noan’anaviy va eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda chuqur qayta ishlashni tashkil etish, shu asosda agrar sektorda ish unumdorligini va mehnatga haq to‘lash darajasini oshirishga erishish mumkin.

    19.03.2020, 20:03   Izoh (0)   114817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Niqob bor. Bepul. Duoga”. Farg‘onada tibbiyot niqoblari bepul tarqatilmoqda (foto)

    19.03.2020, 19:47

    Oltinsoydagi mojaroda mansabdorlar vijdonsizlarcha harakat qilgani aniqlandi

    19.03.2020, 19:34

    IIV dezinfeksiyani bahona qilib, uyga kirishga urinayotgan shaxslardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

    19.03.2020, 18:46

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 20-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    19.03.2020, 18:33

    O‘zbekistonda tibbiy niqoblar tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin

    19.03.2020, 18:01

    Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

    19.03.2020, 17:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.