Odinaxon Jamoldinova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
U 1970-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1992-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Shu kunga qadar Odina Jamoldinova Jizzax davlat pedagogika institui, Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan, 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan.
Izoh (0)