Iordaniyaning Amman shahrida Tokio—2020 Olimpiadasiga litsenziya beradigan musobaqaning navbatdagi janglari 9-mart, dushanba kuni o‘tkazilmoqda.
-57 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov musobaqaning chorak finalida gonkonglik Sing Yu Soga qarshi ringga chiqdi. Jang to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi. Yakunda hakamlar Mirzahalilovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa Mirazizbek Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan oltinchi o‘zbekistonlik bokschiga aylandi va litsenzion musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bobousmon Boturov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolov, Shahobiddin Zoirov va Elnur Abduraimovning Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)