OFK va FIFA futbol bo‘yicha JCh—2022 musobaqasiga saralash bahslarini boshqa muddatga qoldirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma’lum qilindi.
O‘yinlarning qoldirilishiga sabab sifatida dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan koronavirus epidemiyasi ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, quyidagi sanalardan o‘rin olgan JCh—2022 saralash bahslari qoldiriladi: 23—31-mart hamda 1—9-iyun kunlaridagi o‘yinlar.
FIFA va OFK ushbu sanadagi bahslarning qachon o‘tkazilishi borasida kelajakda yig‘ilish o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasida 31-mart kuni safarda Yaman, 4-iyunda Toshkentda Singapur, hamda 9-iyun kuni safarda Saudiya Arabistoni bilan o‘yin o‘tkazishi lozim edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)