Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyatida bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan ikkita Howo rusumli yuk mashinasining ishlab chiqarilgan yilini noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali noqonuniy imtiyoz olishga urinish holatlari fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tegishli idoralar bilan hamkorlikda fuqaro X.A. tomonidan 485 million so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan Howo rusumli yuk mashinasining yorliqlaridagi ma’lumot va transport vositasining holatini ekspertizadan o‘tkazgan.

Natijada mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda ko‘rsatilganidek 2017-yilda emas, balki 2014-yilda ishlab chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.

Yana bir tezkor tadbir davomida fuqaro K.Sh.ga tegishli Howo rusumli yuk mashinasi ham tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 480 million so‘m imtiyoz asosida olib kirilayotgan mazkur transport vositasi ham 2017-yilda emas, balki 2012-yilda ishlab chiqarilgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi