O‘zbekistondagi temiryo‘l vokzallariga kirishda maxsus tasdiqlash uskunasi — validatorlar o‘rnatish orqali poyezdlarga chiqishda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, yo‘l ko‘rsatuvchilarda ham mobil validatorlar (maxsus tasdiqlash uskuna) bo‘ladi. Elektron chiptani rasmiylashtirgan yo‘lovchi uni chop etishi kerak bo‘lmaydi. Shunchaki QR-kod yoki shtrix-kod mavjud telefonni qurilmaga tekkizsa kifoya. Validatorlarni o‘rnatish muddatiga aniqlik kiritilmagan.
Bundan tashqari, kompaniya poyezdlardagi media-kontentni kengaytirish ustida ham ish olib bormoqda. Afrosiyob poyezdlarida test rejimida intranet tizimi (miniatyuradagi internet) ishga tushiriladi. Yo‘lovchilar ushbu portalga ulanib, o‘zlariga ma’qul bo‘lgan kontentni tanlashlari mumkin bo‘ladi. Keyinchalik ushbu xizmat barcha yo‘lovchi poyezdlarida joriy etiladi.
Izoh (0)